O`ZBEKISTONDA YURITILGAN ETNOGRAFIK TADQIQOTLAR VA ULARNING TARIXIY AHAMIYATI. XX-asr 20-yillaridan Turkiston respublikasida etnografik tadqikotlar o’tkazishga e`tibor berilla boshladi. 1918-yil 21-aprel`dan Turkiston xalq universitetida o’zbeklar Etnologiyasidan dastur asosida maxsus kurs ma`ro’zasi o’qitila boshlangan edi. 1920-yilda tashkil etilgan Turkiston (sungra O’rta Osiyo, hozirda Mirzo Ulug`bek nomidagi O’zMU) universitetida antropologiya va Etnologiyaning ilmiy markaziga aylandi. Etnografik tadqiqotlar shu yili tashkil etilgan mo’zey, ko’hna yodgorliklar va tabiatni muhofaza qilish Turkiston qo’mitasi tamonidan ham olib borildi.
Turkiston sharqshunoslik instituti dasturiga ham o`zbek, tojik va Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari Etnologiyasi kiritilgan edi. Institutning professor o’qituvchilari tinglovchilarning Etnologiyaga qiziqishini qo’llab-quvatlashdilar. Institutdagi ilmiy tugarak qatnashchilari va talabalari joylarda bo’lib, Turkiston xalqlari jumladan, o`zbek xalqi Etnologiyasi va fol`klori bo’yicha ma`lumotlar to’pladilar. Masalan, o’zbek bolalari o’yinlari, yarim ko’chmanchi o`zbeklarning urf-odatlari, o`zbek xalq ertaklari, Shahriston qishlog`idagi to’y va marosimlar o’rganildi. Rus geografiya jamiyatining Turkiston bo’limi tamonidan etnografik tadqikotlar davom ettirildi.
1921-yili sobiq Turkistan ASSR xalq komissarlari kengashi xo’zuridagi Turkiston tub aholisi turmushini o’rganish bo’yicha ilmiy komissiya to’zildi. Sirdaryo, Samarkand ekspeditsiyalari tashkil etildi. O’sha vaqtda ikkita ekspeditsiya tashkil qilingan: A.A.Divaev rahbarligidagi Sirdary va M.S.Andreev blshchiligidagi Samarkand ekspeditsiyalari. Bu ekspeditsiyalar Turkistonning etnografik xaritasini to’zi shva o`zbek, turkman va boshqada xalqlar Etnologiyasin o’rganish bo’yicha ma`lumotlar to’pladi. Ulka Etnologiyasin o’rganishda akademik V.V.Bartol`d 1920-yilda Turkiston, Buxoro va Xorazmning etnografik xaritasini to’zish tashabbusi Bilan chiqkan edi. V.V.Bartol`d Rossiya fanlar Akademiyasi xo’zuridagi Rossiya va chekaradosh mamlakatlar aholisining qabilaviy tarkibini o’rganish komissiyasining Turkiston bo’limiga rahbarlik qildi. Bu komissiya ishida bir qator olimlarning Turkiston xalqlariga oid to’plangan etnografik manbalardan ham foydalanildi. Samarkand viloyati xaritasi to’zildi. Sirdaryo, qisman Kaspiy orti viloyatlari xaritasinin to’zish uchun ma`lumotlar to’plandi.
1924-1926-yillarda «O’rta Osiyoning hozirgi qishlog`i» turkumida ko’p jilddan iborat ochereglar Chop etildi. 1920-yillar o`zbeklarning xo’jalik qurollarinin, an`anaviy hunarmandchilik sohasinin o’rganuvchi, Amaliy bezak san`atini, qo’g`irchoq xalq teatrinin tadqiq etgan asarlar paydo bo’ldi. O`zbek xalqining ba`zi marosimi va udumlari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. 1920-1926-yillarda Urta Osiyo Etnologiya ekspeditsiyasi faoliyat yuritdi. Shu yillarda respublika mo’zeylaridagi yig`ilgan etnografik ashyolar tartibga solindi va kurgazmalar tashkil etildi. Turkiston xalq universitetida antropologiya va Etnologiya bo’limi sifatida ish yuritgan Turkiston xalq mo’zeyi 1921-yil Urta Osiyo bosh mo’zeyiga aylantirildi.
Samarkand va Buxoro viloyatlari o’lkashunoslik mo’zeylarida etnogrfiya bo’limlari ochildi. Turkiston xalqlari, jumladan, o`zbeklarning gilam to’qish an`analarini, xalq kashtachiligini tadqiq etuvchi ishlar yo’zaga keldi. O`zbek xalqi Etnologiyasini o’rganishda taniqli arxeolog olim Turdi Mirg`yosovning xizmatlari kata bo’ldi. U 1928-yildan etnografik ekspeditsiyalarda eshtirok etdi. 1929-yildan etnografik ekspeditsiyalarda ishtirok etdi. 1929-yilda esa, Qashqadaryo okrugi yarim kuchmanchi o`zbeklari turmushini o’rgandi. O`zbek xalqi Etnologiyasini o’rganishda taniqli arxeolog va etnograf S.P.Tolstov rahbarligida 1937-yilda Xorazm arxeologik va etnografik ekspeditsiyasining tashkil etilishi juda kata rol` o’nadi.
Bu ekspeditsiya O`zbekstondagi ilmiy muassasa va mo’zeylar Bilan hamqorlikda faoliyat ko’rsatadi. U Xorazm vohasi unga yondash xududlardagi o`zbek, qoraqolpoq, qozoq va turkmanlar madaniyati va turmush tarizini o’rgandi. Ayniqsa Xorazm ekspeditsiyasining ikita o`zbek guruhi (shmoliy guruhga K.P. Zadixina, janubiy guruhga M.V.Sazanova rahbarlik qilgan) hamda diniy tasavvurlarni o’rganish uchun ish olib borgan. G.G.Snesarev juda samarali tadqiqotlar, bir necha ajoyib etnografik asarlar yaratganlar.
Ya.G`.G`ulyamov va boshqa olimlar faol ishtirok etganlar. S.P.Tolstovning 1948-yil nashr etilgan «Qadimgi Xorazm» va Ya.G`ulamovning 1957-yil nashr etilgan «Xorazmning sug`orish tarixi» asrlari muhim ilmiy tadqiqot bo’lib qo’shildi. Xorazm ilmiy safari O`zbekiston xududida yashovchi yoki usha vaqtga qadar butunlay unutib qo’ilgan qoraqolpoq xalqi Etnologiyasini o’rganish sohasida ham kata ishlar qilindi. Ilmiy safarning Qoraqolpog`istonli guruhiga T.A.Jdanko rahbarlik qildi. Olim Qoraqolpoqlarning tarixiy Etnogrfiyasiga oid ajoyib asar yoratadi. Guruh ishida mahalliy Etnograflardan S.Kamalov, E.Qusbergenov va U.A.Shalekenovlar ishtirok etdilar. Ular tamonidan yozilgan kichik maqololar Xorazm ilmiy safari asrlari to’plamining uchunchi jildida shashr etildi. Mazkur yirik ilmiy ekspeditsiyada bevosita ishtirok qilish mahalliy o`zbek, qoraqolpoq mutaxassislari uchun ajoyib bir maktab bo’ldi.
Nihoyatda keng va teran bilim egasi bo’lgan S.P.Tolstov sharq xalqlari moddiy va ma`naviy madaniyatini o’rganishdagi katta xizmatlari uchun O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining faxriy a`zosi qilib saylandi. Bu mashhur tadqiqotchi hozirgi etnik jarayonni o’rganishga alohida e`tibor berar edi. Mazkur olijanob vazifani bajarishda bir qator iste`dodli etnolog olimlar ham hormay-tolmay mehnat qilib, ancha yutuqlarga erishdilar. Bular ichida S.P.Tolstov bilan birga ishlagan atoqli tadqiqotchilar: P.I.Kushner, I.I.Potexin, L.P.Potapov, G.F.Debes, M.O.Kosmen, S.A.Tokarev, M.G.Levin, N.N.Cheboksarov, V.O.Dolgix, D.A.Olderogge, N.A.Kislyakov, T.A.Jdanko bo’ldilar. So’nggi yillarda yetishib chiqqan va Etnologiya fanining rivojiga salmoqli hissa qo’shgan tadqiqotchilar Yu.V.Bromley, Yu.P.Averkieva, S.I.Bruk, V.P.Alekseev, V.I.Kozlok, F.F.Its, G.E.Markov, V.A.Andrianov, V.K.chistov, S.I.Vaynshteyn, R.K.Ko’zeyev, V.V.Ginzburg, M.V.Kryukov, R.N.Ismagilova, Yu.V.Anutyanyan, Yu.I.Semenov, N.A.Butinov, S.Kamolov, K.Shoniyzovlar o’zlarining ajoyib asarlari bilan tanildilar.
Xullas, alohida qayd qilish lozimki, keyingi davrda ko’plab iste`dodli olimlar milliy Etnologiya fanini o’z asarlari bilan boyitib zamonaviy dolzarb muammolarni har qilishda o’zlarining muayyan hissalarini qo’shib ketmoqdalar. Qoraqolpoq etnograf olimlari qatoriga keyingi yillarda olima qizlardan N.Tleo’bergenova, R.Kamalova va T.Esbergenovalar qo’shildi.
1990-yilda O`zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix va arxeologiya instituti Farg`ona ekspeditsiyasi tashkil qilindi. Bu ekspeditsiya Namangan va Farg`ona viloyatlari jamoa xo’jaliklarining turmushi va hayotini har tamonlama o’rgandi. Keyingi yillarda o`zbek xalqi antropologiyasi bo’yicha Q.Najimovning, etnik tariximiz bo’yicha Sh.I.Inog`omov va S.Kamalovlarning ilmiy asarlari chop etildi. Xalqimizning an`anaviy hunarmandchiligi bo’yicha I.Jabbarov, turar joylar bo’yicha R.A.Abdrasulov, kiyim-kechaklar va bezaklar bo’yicha X.Sulaymanovlar tadqiqod ishlarin olib bordilar. O`zbek xalqining ijtimoiy turmush tarizi bo’yicha M.Abduraymov, K.Shoniyozovlarning asarlarida yoritildi. Shaharlar tarixi va Etnologiyasi, O`zbekiston ishchilarining turmushi va madaniyatiga oid tadqiqotlar olib borildi. 1969-yilda «O`zbek qishloq aholisining etnografik ocherklari» kitobi nashr etildi.
1950-1960-yillarda Buxoro xonligidagi shaharlar tarixi tarixiy-etnografik jihatdan o’rganildi. Taniqli tarixchi olim B.Axmedovning «O`zbeklarning kelib chiqishi tarixidan» 1962-yili, I.Jabbarovning «O`zbek xalqi Etnologiyasi» 1964-yili kitoblari nashr etildi. «O`zbekiston Etnologiyasi», «O`zbekiston SSR tarixi» (I-II-jildlar, 1967-1968 yy), Jahon xalqlari turkumidagi «Urta Osiyo va Qazoqiston xalqlari» nomli ikki jildli asarning (1962-1963 yy), O`zbeklar bo’limini yozishda ishtirok etgan. 1970-yillardan boshlab o`zbek Etnologiyasining monografiya va to’plamlari chop etila boshladi. 1970-1990-yillarda etnografik tadqiqotlarda K.Shaniyozovning Qipchoqlar va kanglar etnik tarixin o’rganishga bog`ishlangan monografiyalar, ilmiy jihatdan juda qimmatlidir.
Ma`lumki Etnografik bilimlarni tadbiq etish maktabdan boshlanib Oliy o’quv yurtlarida yanada rivojlantiriladi. «Jahon xalqlari Etnologiyasi» kurslari Oliy o’quv yurtlari o’quv rejasiga kiritiladi. Bu kurslar bo’yicha ko’p yillar maboynida S.A.Tokarev, Yu.V.Bromley, G.E.Markov, G.F.Its, S.P.Polyakovlarning darslik va o’quv qo’llanmalaridan foydalanilib kelingan. Endilikda I.Jabbarovning o`zbek tilida Chop etilgan «Etnologiya asoslari», «Jahon xalqlari Etnologiyasi», «O`zbek xalqi Etnologiyasi», «O`zbeklar turmush tarzi va madaniyati» kati darslik va o’quv qo’llanmalar asosiy dastur bo’lib xizmat qilmoqda.
Xalqimizning mustaqillikni qulga kiritishi milliy o’z-o’zini anglash, kadriyatlarimizning tiklanishi, munosabati Bilan etnografik ilmiy tadqiqotlar saviyasini yuqoriroq pog`onaga ko’tarish, bu sohada yanada ko’proq darslik va o’quv qullanmalarni yaratish davr talabi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |