Qora metallurgiya



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə1/7
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#139885
  1   2   3   4   5   6   7
1405149072 55651

  1. Qora metallurgiya


Reja:



1.Cho'yan olish uchun ishlatiladigan materiallar.
2.Domna pechini tuzilishi va ishi.
3. Domna pechda sodir bo'ladigan fizik-ximik jarayonlar.
4.Domna pechini maxsulotlari
5.Domna pechining iqtisodiy ko'rsatkichlari.


Tayanch iboralar:
Temir rudalari, rudani saralash, maydalash,yuvish,g'alvirlash, elektromagnit separasiya, domna pechi, pechni qismlari, koloshnik, pechni yordamchi uskunalari, pechni o'lchamlari, pechdagi fizik jarayon, pechni hajmi, pechdagi ximik jarayon, S tiklanishi , Si tiklanishi, R tiklanishi pech maxsulotlari, oq cho'yan, kul rang cho'yan, legirlangan cho'yan,ferroqotishmalar,pechni iqtisodiy ko'rsatkichlari.


Chuyan olish uchun ishlatiladigan materiallar

Tabiiy birikmalardan metallni ajratib olib, uni ishlab, aniq zaruriy xususiyatli metall olish texnologik jarayoniga metallurgiya deb aytiladi. Mashinalarni, har xil qurilmalarni tayyorlashda sanoatda asosan texnik temir qotishmalaridan foydalaniladi. Shuning uchun rudalardan temirni ajratib olishni bilmoq kerak. Qora metallar (cho'yan, po'lat) asosan tog'jinslari-rudalarni pechlarda eritish yo'li bilan olinadi. Rudalarni asosiy qismini temir tashkil qiladi. Temir tabiatda eng ko'p tarqalgan element hisoblanib, er qatlamini og'irligini 4,7% tashkil etadi.


Ximiyaviy toza temir kumishsimon oq rangda bo'lib, bolg'alanuvchan yumshoq metalldir. Marlumki tabiatda sof temir kamdan kam uchraydi. Shuning uchun tabiiy sharoitda doim birikma shaklida uchraydi.
Metallurgiyada Fe ni ajratib oladigan birikmalarni temir rudalari deb ataladi. Fe rudalarida temir oksidlari bilan birga kremniy oksidi Ѕіo2, Sao, MDO va boshqalardan tashqari temir rudalarida S, R, mishryak va boshqalar uchraydi.
Chuyan ishlab chiqarish uchun tarkibida kamida 23-25% temiri bo'lgan rudadan foydalaniladi. Rudani foydalanmaydigan qismi bekorchi jins tashkil etadi.
Temir rudasida bekorchi jinslarni ko'p hollarda qum, tuproq, oxak tashkil etadi. Keraksiz bekorchi jinsni tashkil etgan S,P va boshqalar birikmalar holida bo'lib, bu aralashmalar rudani sifatini buzadi, yomonlashtiradi. Barzi rudalarda temirdan tashqari nikel,xrom, vannadiy kabi elementlar ham bo'ladi. Bular chuyan tarkibiga o'tib, uni xususiyatini yaxshilaydi.
Cho'yan olishda asosiy xom-ashyo bo'lgan temir rudasi tarkibi bo'yicha er qatlamida 200dan ortiq bo'lib ulardan sanoat ahamiyatiga ega bo'lganlari quyidagilardir :

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin