Mavzu: Parametli sikllik algoritmlarni tuzish Reja Parametrli takrorlanuvchi algoritmlar



Yüklə 398,86 Kb.
səhifə1/4
tarix01.06.2022
ölçüsü398,86 Kb.
#116485
  1   2   3   4
9-sinf

Mavzu: Parametli sikllik algoritmlarni tuzish

Reja

1.Parametrli takrorlanuvchi algoritmlar

2. Ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar

3. FOR parametrli takrorlash operatori





3.3-Rasm. Parametr takrorlash.

Parametrli takrorlash operatoriga misol sifatida berilgan x=1,2,3,..,10 larda 
funksiyasining qiymatlarini hisoblash blok-sxemasini qarash mumkin.

3.4-Rasm. Parametrli takrorlash operatoriga doir algoritm

Ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar. Ba’zan, takrorlanuvchi algoritmlar bir nechta parametrlarga bog‘liq bo‘ladi. Odatda bunday algoritmlarni ichma-ich joylashgan algortmlar deb ataladi. Misol sifati berilgan NxM o‘lchovli aij –matritsa elementlarining yig‘indisini hisoblash masalasini qaraylik.

Bu yig‘indi hisoblash uchuni ning har bir qiymatida j bo’yicha ko‘paytmani hisoblab, avvalgi yig‘indi ustiga ketma-ket qo‘shib borish kerak bo‘ladi. Bu jarayon quyidagi blok–sxemada aks ettirilgan. Bu yerda yig‘indi uchun i-tashqi sikl, j-esa ko‘paytmani hosil qilish uchun ichki sikl foydalanilgan. 3.5-Rasm. Ichma-ich joylashgan siklik algoritmga doir blok-sxema

FOR parametrli takrorlash operatori



Aksariyat masalalarni yechishda ma’lum amallar ketma-ketligini bir necha marta takrorlash zarur bo‘ladi. Avvalgi bobda bu kabi masalalar bilan tanishdingiz va ularni hal qilish uchun takrorlanuvchi algoritmlar tuzdingiz. Endi takrorlanuvchi dasturlar tuzish usullari bilan tanishtiramiz.
Takrorlanuvchi dasturlar tuzish uchun takrorlash operatorlaridan foydalaniladi. Paskalda ular uchta bo‘lib, bu darsda ulardan bittasi – parametrli takrorlash operatori bilan tanishamiz. Mazkur operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
For I: = N1 To N2 Do ;
bu yerda For (uchun), To (gacha) va Do (bajar) Paskalning xizmatchi so‘zlari; I – butun turli ixtiyoriy o‘zgaruvchi bo‘lib, u takrorlash parametri deyiladi; N1 – takrorlash parametrining qabul qiladigan boshlang‘ich qiymati; N2 – takrorlash parametrining qabul qiladigan oxirgi qiymati; takrorlanish tanasi – takrorlanishi lozim bo‘lgan operator yoki operatorlar ketma-ketligi. Takrorlanish tanasini operatorlar ketma-ketligi tashkil etgan bo‘lsa, ular albatta begin ko‘rsatmasi bilan boshlanib, end; ko‘rsatmasi bilan tugallanadi. Takrorlash parametrining boshlang‘ich va oxirgi qiymatlari o‘zgarmas, o‘zgaruvchi yoki ifoda ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Mazkur operator quyidagicha ishlaydi:

  1. Avval takrorlash parametri boshlang‘ich qiymatni qabul qiladi;

  2. Agar takrorlash parametrining qiymati oxirgi qiymatdan katta bo‘lmasa, takrorlash tanasini tashkil etuvchi operatorlar bajariladi, aks holda takrorlanish to‘xtatiladi va boshqa­rish navbatdagi operatorga uzatiladi;

  3. Takrorlash parametrining qiymati bittaga ortadi (unga 1 qo‘shiladi) va 2-bandga o‘tiladi.


Yüklə 398,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin