Mavzu: Parametli sikllik algoritmlarni tuzish Reja Parametrli takrorlanuvchi algoritmlar



Yüklə 398,86 Kb.
səhifə3/4
tarix01.06.2022
ölçüsü398,86 Kb.
#116485
1   2   3   4
9-sinf

Ichki va tashqi magistrallar


Magistral va shinalar tufayli ShKni modulli tashkil qilish va protsessor bilan tashqi qurilmalarni ulashni bir tartibga keltirish mumkin bo‘ldi. Magistral yoki shina deganda, tizimning turli xil bloklari birgalikda ishlatadigan ma’lumotlarni uzatish kanali tushuniladi.
Shina bosma plataga joylashtirilgan bo‘lib, razyomlarning chiqishiga ulangan o‘tkazuvchi simlar to‘plamidan iborat. Shina ShKning tizimli bloki bog‘lamalarini bir-biriga ulovchi yassi kabeldan hosil qilinadi.
Shina kompyuterning fizik jihatdan komponentlari bitta yoki bir nechta bosma platada joylashgan ichki strukturasini soddalashtirish imkonini yaratadi. O‘zaro aloqa kanalining ular uchun umumiyligi aloqa sonini (demak, simlar sonini ham) qisqartiradi, razyomlar sonini kamaytiradi, axborotni uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar orasidagi almashuv tezligini oshiradi.
Zamonaviy ShK turli xil komponentlarni bog‘lab turuvchi bir nechta shinaga ega, masalan, FSB (Front Side Bus) protsessor shinasi yoki tezkor xotira shinasi (Memory Bus). Bu lokal shinalar soni katta bo‘lmagan bog‘lamalarga, masalan, protsessor bilan tezkor xotiraga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.
Tizim shinasi nisbatan murakkab bo‘lib, markaziy protsessor va tashqi qurilmalar hamda tezkor xotira orasida ma’lumotlarni uzatishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Ularning asosiy ko‘rsatkichlari uzatilayotgan ma’lumotlarning razryadligi va uzatish tezligidir.
Har qanday standart shina tarkibida ma’lumotlarni uzatish uchun liniya, manzillarni uzatish uchun alohida liniya (manzil ma’lumotlarni uzatuvchini va qabul qiluvchini belgilaydi), apparat uzilishi liniyasi, xotiraga bevosita kirish kanali liniyasi va elektr ta’minotini ajratuvchi liniya bo‘ladi. Ma’lumotlarni uzatish shinasi uchun signallarni (bitlarni) kodlash usuli, axborotni uzatish tezligi, arbitraj mexanizmi (shinadan foydalanishni boshqarish va vujudga kelgan vaziyatlarni yechish) aniqlangan.
ShK tizim shinasini tashkil qilishning bir nechta standartlari mavjud.
ISA tizim shinasi (magistral) IBM PC AT shaxsiy kompterlari uchun ishlab chiqarilgan va haqiqiy standartdir.
XT modelidagi shaxsiy kompyuterlarda ma’lumotlar razryadi 8 bit va manzillar razryadi 20 bit bo‘lgan shina qo‘llanilgan. AT modelida shina 16 bit ma’lumot va 24 bit manzillar uchun kengaytirildi.
ISA shinasi o‘rtacha tezlikdagi multipleksirlangan 16 razryadli tizimli magistral hisoblanadi. Shina bo‘yicha almashuv 8 yoki 16 razryadli ma’lumotlar bilan amalga oshiriladi. Shinada kompyuterning xotirasiga va kiritish/chiqarish qurilmalariga alohida kirishlar amalga oshirilgan. Manzillangan xotiraning maksimal hajmi 16 Mbaytni (24 adresli liniya) tashkil qiladi. Kiritish/chiqarish qurilmalari uchun maksimal manzillash maydoni 64 Kbaytni (16 manzilli liniyalar) tashkil qiladi.
ISA – eskirgan ona platalarning asosiy shinasi. 32 razryadli yuqori tezlikdagi protsessorlarning yaratilishi bilan ISA shinasi ShKning tezligini oshirishga jiddiy g‘ov bo‘ldi. Ilgari ISA interfeysi yordamida videokarta, modem, tovush kartasi kabi qurilmalar ulanar edi. Zamonaviy tizimli platalarda bu interfeys umuman yo‘q yoki 1–2 slotdangina iborat bo‘ladi.

Yüklə 398,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin