Pedagogik konfliktologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari
Ilmiy pedagogik izlanish jarayonlarini amalga oshirishda quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalaniladi: kuzatish; o‘z-o‘zini tahlil qilish; og‘zaki va yozma so‘rov; anketalashtirish; test so‘rovi; ishbilarmonlik o‘yinlari va h.k.
Pedagogik konfliktologiyaning ilmiy asoslari
Fan nuqtai-nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy o‘rganish davlat hokimiyati, jamiyat a’zolari hamda alohida ijtimoiy guruhlar orasidagi ziddiyatlarni o‘rganishdan boshlangan.
Keyinchalik ilmiy qiziqishlarni ortib borishi bilan ijtimoiy, siyosiy, milliy, guruhlararo va shaxslararo konfliktlar fan ob’ektiga aylana boshladi.
Konfliktni tushunishga bo‘lgan ikki xil yondashuv mavjud.
Konfliktni tushunishga bo‘lgan ikki xil yondashuv mavjud.
Ulardan birinchisi konfliktni ancha keng – taraflar, fikrlar, kuchlar to‘qnashuvi deb ta’riflaydi. Bunday yondashuvga ko‘ra konfliktlar jonsiz tabiatda ham yuz berishi mumkin. “Konflikt” va “ziddiyat” tushunchalari amalda hajmiga ko‘ra qiyoslanuvchan bo‘lib qoladilar. Ikkinchi yondashuv konfliktni opponentlar yoki o‘zaro ta’sir sub’ektlarining bir-biriga zid (teskari) yo‘llangan maqsadlari, manfaatlari, pozitsiyalari, fikrlari yoki qarashlari ning to‘qnashuvi deb tushuniladi.
Konflikt – o‘zaro ta’sir (harakat) jarayonida paydo bo‘ladigan jiddiy ziddiyatlarni hal qilishning eng keskin usuli bo‘lib, konflikt sub’ektlari qarama-qarshiligidan iborat bo‘lib, odatda, salbiy his-kechinmalar (emotsiyalar) bilan kechadi.
Konflikt – o‘zaro ta’sir (harakat) jarayonida paydo bo‘ladigan jiddiy ziddiyatlarni hal qilishning eng keskin usuli bo‘lib, konflikt sub’ektlari qarama-qarshiligidan iborat bo‘lib, odatda, salbiy his-kechinmalar (emotsiyalar) bilan kechadi.
Ijtimoiy (sotsial) konflikt
ochiq qarama-qarshilik, ikki yo undan ortiq sub’ektlar – sotsial o‘zaro ta’sir ishtirokchilarining to‘qnashuvi bo‘lib, buning sabablari sotsial konflikt ishtirokchilarining o‘zaro zid manfaatlari va qadriyatlaridir;
sotsial ziddiyatlarning o‘ta keskinlashgan holati, turli sotsial birliklar – sinflar, millatlar, davlatlar, turli sotsial guruhlar, sotsial institut kabilar manfaatlarining ular manfaatlari, maqsadlari, taraqqiyot tendensiyalarining qarama-qarshiligi yoki jiddiy farq qilishi tufayli kelib chiqadi;
sotsial sub’ektlarning ob’ektiv ravishda farqlangan manfaatlari, maqsadlari, taraqqiyot tendensiyalarining ochiq-oydin yoki yashirin kurashi, to‘qnash kelishi, sotsial kuchlarning mavjud ijtimoiy tartibga qarshilik ko‘rsatish asnosida bevosita yoki bilvosita to‘qnashuvi, yangi sotsial birdamlikka tomon tarixiy intilishning alohida shakli;
konfliktli o‘zaro ta’sir sub’ektlari o‘zaro zid bo‘lgan yoki bir-birini istisno etadigan qandaydir o‘z maqsadlarini ko‘zlagan vaziyat.
Pedagogik konflikt
Ta’lim tizimida pedagogik konfliktlarni vujudga kelish sabablari va tabiatini o‘rganadigan, ularni bartaraf etish usullari va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqadigan nazariy-amaliy yo‘nalish hisoblanadi. Pedagogik konflikt ijtimoiy hayotdagi ko‘p uchraydigan holat hisoblanib, tabiiyki jamiyatning kuchli ijtimoiy munosabatlari to‘plangan bo‘laklari maktab, oliy va o‘rta maxsus ta’limda ko‘proq ko‘zga tashlanadi.