Maqsad va vazifalari. Kuzatishlarimiz boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlarini tashkil etish qoniqarli emasligini ko`rsatdi. Bizning kuzаtishlаrimiz jаrаyonidа mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish omili bo`lgan sinfdan tashqari o‘qish darslarining o‘tkazmayotganligini, o`qituvchilar darsda qo‘lga tushgan asarni o‘qib berish yoki o‘qitish bilan cheklanayotganlilari ma`lum bo‘ldi. Birorta sinfda sinfdan tashqari o‘qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxatini ko‘rmadik. O‘quvchilar bilan suhbatda “Kimning qaysi asarini o‘qigansan?” savolimizga qiynalib javob berdilar.Bu kabi holatlarning kelib chiqishida obyektiv va subyektiv sabablar mavjud. Shunday sabablardan biri boshlang`ich sinf o`quvchilarining mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishga oid maxsus adabiyotlarning yaratilmaganligi, o`quv dasturida o`quvchilar o`rganishi lozim bo`lgan adabiyotlar ro’yxatining berilmasligidir.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarini mustaqil o`qishga o`rgatish masalasi bilan metodist olimlar oldindan qiziqib kelaganlar. O`quvchilarning mustaqil o`qishga o`rgatish sinfdan tashqari o`qish darslarining asosiy vazifasi ekanligi metodik adabiyotlarda qayd etilgan. Bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Boshlang`ich ta'limda mazkur soha bo‘yicha rus metodist olimlari N.N.Svetlovskaya, O.V.Djejeley V.I.Ionovalarning ilmiy ishlari, darslik va qo`llanmalari nashr etilgan. Mustaqillik yillarida sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etish bo`yicha B.Ma'qulova tadqiqot ishi olib borgan. Tadqiqot isida sinfdan tashqari o`qish darslarining maqsad va vazifalarini, uning ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyatini yoritib bergan. Sinfdan tashqari o`qish uchun badiiy asarlar tavsiya etish tamoyillarini ishlab chiqilgan. Sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etish usullarini yoritib berilgan. Hozirgi davr talabi bu ishlarni takomillashtirishni taqozo etadi. “Ona tili o`qitish metodikasi”6, X.G`ulomova va U. Shermatovalarning “Kitob o`qishni sevamiz”7 qo`llanmalarida ham o`quvchilarda mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish masalalari yoritilgan, o`qish uchun asarlar tavsiya etilgan. Shuningdek matbuotda bir qancha mеtodist va o`qituvchilarning maqolalari e'lon qilingan. Jumladan, profеssor Q.Abdullaеva, K.Qosimova, O. Safarov, S.Matchonov, B.Maqulova, T.Adashboyеv, Е.Abduvalitov, D.Shodmonqulova, X.G‘ulomovalarning o`quv va mеtodik qo`llanmalari, maqolalari nashr etilgan. Ularda kitob tanlash tamoyillari, sinfdan tashqari o`qish darslari mavzulari, yozuvchi va shoirlar bilan tashkil etiladigan uchrashuvlar, sinfdan tashqari o`qish darslarida yozuvchi va shoirlarning asarlarini o`rganish, sinfdan tashqari o`qish darslarida krossvordlar, ta'limiy o`yinlardan foydalanish bo`yicha metodik tavsiyalar berilgan. “Kitobim - oftobim” qo`llanmasi B. Ma`qulovalar tomonidan yangilandi, lekin kitob hozirgi davr talablari asosida yangilanishni taqozo etmoqda. Chunki darslikdagi ayrim asarlar “Kitobim - oftobim” qo`llanmasida takrorlangan. taqozo etadi. Kompyuter texnologiyasining keng tarqalishi, televizon ko`rsaruvlari va radio eshittirishlari ko`lamining kengayishi bolalarning kitob o`qimay qo`yishlariga sabab bo`layotgan bir paytda ularga kitobning, badiiy adabiyotning o`rnini hech narsa bosa olmasligini, hech narsa kitobdek hamroh bo`la olmasligini tan olishlariga erishish sinfdan tashqari o`qish darslaridagina amalga oshiriladi.