uch o‘rdak osmondagi uch o‘rdak
o‘rdak o‘rdak
uch uch
osmondagi
ilg‘or terimchilar xo‘jalikdagi ilg‘or terimchilar
terimchilar terimchilar
ilg‘or ilg‘or
xo‘jalikdagi
a’lochi o‘quvchilar hammadan a’lochi o‘quvchilar
o‘quvchilar o‘quvchilar
a’lochi a’lochi
hammadan
Osmondagi uch o‘rdak (osmondagiQuchQo‘rdak), xo‘jalikdagi ilg‘or terimchilar (xo‘jalikdagi Q ilg‘or Q terimchilar) SBlarida hokim so‘z kengayishi natijasida, hammadan a’lochi o‘quvchilar (hamma-dan Q a’lochi Q o‘quvchilar) birikmasida esa tobe a’zo kengayishi natijasida murakkab birikma hosil bo‘lgan. Ba’zan har ikkala a’zo ham birdan kengayishi mumkin: hammadan a’lochi faol talabalar: (hammadan + a’lochi + faol +talabalar):
(talabalar
faol)
hammadan a’lochi
Murakkab birikmada oldin turgan so‘zlar oxirgisiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanib birikma hosil qilmaydi, ya’ni katta semiz qora qo‘y birikmasidagi a’zolar ushbu birikmaning o‘zida katta qo‘y, semiz qo‘y, qora qo‘y kabi birikuvni bermaydi:
qo‘y
katta semiz qora
Chunki bunda tobe so‘zlar hokim so‘z ifodalagan narsaning turli belgisini ko‘rsatadi. Bu esa ularning uyushmaganligiga dalildir. Uyushmagan tobe a’zo esa o‘ziga xos ohang bilan aytiladi. Qiyoslang:
A’lochi, bilimdon bolalar (uyushgan tobe so‘zlar)
Katta semiz qora qo‘y (uyushmagan tobe so‘zlar)
SB zanjiri. Ayrim murakkab SBda bir so‘z oldingi so‘zga hokim, keyingi so‘zga nisbatan tobe bo‘lishi mumkin. Masalan: maktabda o‘qiyotgan bola kabi. Bunda o‘qiyotgan so‘zi maktabda so‘ziga hokim, bola so‘ziga esa tobe a’zo sanaladi.
Uning sxemasini quyidagicha berish mumkin:
bola
o‘qiyotgan
maktabda
Birikma esa kengayishi mumkin:
bola
o‘qiyotgan
maktabda
kunduzgi
So‘z birikmasidagi a’zolarning bu tarzdagi kengayishi SB zanjiri deyiladi. Lekin barcha murakkab birikma ham SB zanjirini hosil qilavermaydi. Masalan, xo‘jalikdagi ilg‘or terimchilar birikmasi kabi. Buning bog‘lanishi zanjirsimon emas. Chunki xo‘jalikdagi so‘zi ilg‘or so‘ziga emas, balki ilg‘or terimchilar birikmasiga tobelangan:
terimchilar
ilg‘or
xo‘jalikdagi
SB va sintagma. Gapning tuzilish va mazmun jihatdan birlashgan parchalari nutq jarayonida qisqa to‘xtam bilan ajraladi. Bunday parchalar sintagma deyiladi. Masalan: A’lochi o‘quvchilar barcha imtihonlarni muvaffaqiyat bilan topshirdilar gapi uchta sintagmaga bo‘linadi:
1) a’lochi o‘quvchilar; 2) barcha imtihonlarni; 3) muvaffaqiyat bilan topshirdilar.
Har bir sintagma bir nafas kuchi bilan aytilib, qisqa to‘xtamdan so‘ng yangi sintagma boshlanadi. Gap yaxlitlik sifatida boshqa gapdan kattaroq pauza bilan ajratilsa, sintagmalarni ajratib turadigan pauzalar undan kichikroq bo‘ladi. Sintagma – grammatik-semantik jihatdan yaxlitlangan fonetik butunlik.
Gap bir sintagmali yoki bir necha sintagmali bo‘lishi mumkin. Sintagma ba’zan bir so‘zdan ham tashkil topadi. Sintagma bir necha so‘zli bo‘lganda, ko‘pincha, yetakchi va unga tobe so‘zdan tashkil topadi. Lekin sintagmadagi hokim-tobelik SBdagi hokim-tobelik munosabatidan farq qiladi. Sintagmadagi bir hokim so‘z keyingi sintagma uchun tobe bo‘lmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan gapdagi a’lochi o‘quvchilar sintagmasidagi hokim a’zo (o‘quvchilar) barcha so‘ziga tobe bo‘lolmaydi. Lekin SBning tarkibiy uzvida u uchinchi sintagmadagi topshirdilar so‘ziga tobelanadi.
Sintagma SBga teng bo‘lishi ham mumkin. Bunda SBdagi yonma-yon kelgan tobe va hokim a’zolar sintagma hosil qila oladi: a’lochi o‘quvchilar birikuvi ham SB, ham sintagma. O‘quvchilar topshirdilar birikmasi erkin birikuv bo‘lsa-da, sintagma emas, chunki a’zolari bir pauza bilan birlashtirilmagan.
Sintagmaning SBdan farqli yana bir xususiyati shuki, uning unsurlari orasiga boshqa sintagmaning uzvi ajralib kirmaydi. Lekin SBning uzvlari orasida nutqda bu SBga daxldor bo‘lmagan boshqa SB uzvlari joylashgan bo‘lishi mumkin: kitobni kecha o‘qidim gapidagi kitobni o‘qimoq SB orasida daxli bo‘lmagan kecha so‘zi joylashgan.
Sintagmalanishning o‘ziga xos qonuniyati bor. Asosan, yonma-yon kelgan aniqlovchi va aniqlanmish, to‘ldiruvchi va to‘ldirilmish, hol va hollanmish bir sintagmani hosil qiladi.
So‘zlovchining maqsadi gapni sintagmaga bo‘lishda muhim rol o‘ynaydi. Demak, sintagma nutqiy, individual hodisa bo‘lib, har bir so‘zlovchi bir gapni turlicha sintagmaga bo‘lishi mumkin. Masalan: Halim shofyor akamning o‘rtog‘i gapini quyidagicha sintagmalash va uni turlicha tushunish mumkin; 1. Halim – shofyor akamning o‘rtog‘i. 2. Halim shofyor – akamning o‘rtog‘i. Demak, gapning lisoniy mohiyatini gap tarkibidagi nutqiy SBning qaysi SB LSQi hosilasi ekanligini aniqlashda sintagmalanishga ham tayanish mumkin.
SB LSQsini tiklash va uning voqelanishi. Boshqa lisoniy hodisa kabi SB LSQlarini tiklash va uning voqelanishi farqlanadi. SB LSQining voqelanishi «lison-nutq» yo‘nalishida bo‘lib, bu yo‘nalish umumiylikdan oraliq ko‘rinish orqali xususiylikka – nutqiy hodisaga qarab boradi. Masalan:
[W→W]
[Wmorfologik vosita→Wmorfologik vosita]
[Wqaratqich kelishigi→W egalik qo‘shimchasi]
[ismqaratqich kelishigi→ismegalik qo‘shimchasi]
[ot qaratqich kelishigi→otegalik qo‘shimchasi]
[otatoqliqaratqich kelishigi →otturdosh egalik qo‘shimchasi]
Karimning kitobi
Bunda [W-W] umumiy lisoniy sintaktik qolip bo‘lsa, [otatoqliqaratqich kelishigi→otturdoshegalik qo‘shimchasi] – quyi lisoniy sintaktik qolip. Karimning kitobi hosilasi – ana shu LSQ asosidagi nutqiy SBdir.
LSQni tiklash xususiylik (nutqiy hosila)dan oraliq ko‘rinish orqali umumiylik sari boradi va bu jarayon «nutq-lison» yo‘nalishida kechadi. Nutqiy SBning voqelanishida boshlang‘ich nuqta [W→W] qolipi bo‘lsa, uni tiklashda Karimning kitobi kabi nutqiy SBlari asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqorida aytilganidek, o‘zbek tilida so‘z birikmasining 18 ta umumlashmasi –
LSQi mavjud bo‘lib, ularni a’zolarining birikuv omillari asosida jadvalda quyidagicha umumlashtirish mumkin (37-jadval).
|
ShMJ
|
ShJM
|
MShJ
|
MJSh
|
JMSh
|
JShM
|
ShMJ
|
[Wqaratqich kelishigi →Wegalik qo‘shimchasi]
[Wchiqish kelishigi→Wchegara shakli]
[Wchiqish/ jo‘nalish kelishigi →Fe’lmajhul/ aniq nisbat]
|
|
[ismkelishik qo‘shimchasi →fe’l]
[ismo‘xshatish →fe’l]
[sifatchiqish kelishigi→sifat]
[otqaratqich kelishigi→sifat]
[fe’lsifatdosh→fe’l]
[sonkelishik qo‘shimchasi →son]
|
[otkelishik qo‘shimchasi →ot]
[ismo‘xsha-tish→ism]
[fe’lsifat-dosh→ot]
|
|
|
ShJM
|
|
|
|
|
|
|
MShJ
|
|
|
|
|
|
|
MJSh
|
|
|
[ism→ot]
[ism→fe’l]
[ravish/olmosh→sifat]
|
|
|
|
JMSh
|
[otbosh kelishik→otegalik qo‘shimchasi]
|
|
[otmodda→ otaniq]
[otshaxs →otshaxs]
|
|
|
|
JShM
|
|
|
|
|
|
|
Quyida har bir riyoziy-mantiqiy katakdagi bittadan LSQning asosiy ko‘rinishi va ma’noviy turlarini tasvirlashga harakat qilamiz.
[Wqaratqich kelishigi→Wegalik qo‘shimchasi]qqaratuvchi-qaralmish. Qolipda a’zolar W belgisi bilan berilgan bo‘lib, bu muayyan so‘z turkumi belgisi emas. Chunki bunda W unsurini to‘ldiruvchi a’zo sifatida turli xil mustaqil so‘z turkumi qatnashishi mumkin. Shuningdek, bu LSQning quyi bo‘linishi uning tegishli so‘z turkumi tomonidan to‘ldirilishi asosida bo‘lib, ular quyidagilar:
[ot qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi q ot qaratuvchi Q ot qaralmish] (kitobning varag‘i);
[ot qaratqich kelishigi → sifat egalik qo‘shimchasi q ot qaratuvchi Q sifat qaralmish] (daraxtning mo‘rti);
[sifat qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi q sifat qaratuvchi Q ot qaralmish] ((gulning) qizilining hidi);
[sifat qaratqich kelishigi → sifat egalik qo‘shimchasi q sifat qaratuvchi Q sifat qaralmish] ((olmaning) kattasining chuchugi);
[ot turdosh qaratqich kelishigi → sifat egalik qo‘shimchasi q ot qaratuvchi Q son qaralmish] (gulning bittasi);
[son qaratqich kelishigi → Segalik qo‘shimchasi q son qaratuvchi Q son qaralmish (o‘nning yarmi);
[ot qaratqich kelishigi → harakat nomi egalik qo‘shimchasi q ot qaratuvchiQfe’l qaralmish] (Otabekning qaytishi);
[harakat nomi qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi q fe’l qaratuvchiQot qaralmish] (uyalishning o‘rni);
[harakat nomi qaratqich kelishigi → harakat nomi egalik qo‘shimchasi q fe’l qaratuvchi Q fe’l qaratuvchi (olmoqning bermog‘i);
[ot qaratqich kelishigi → sifatdosh egalik qo‘shimchasi q ot qaratuvchi Q sifatdosh qaralmish (yurakning to‘xtagani);
11) [sifatdosh qaratqich kelishigi →ot egalik qo‘shimchasi q sifatdosh qaratuvchi Q ot qaralmish] (qo‘rqqanning ko‘zi);
[ot qaratqich kelishigi → ravish egalik qo‘shimchasi q ot qaratuvchi Q ravish qaralmish (mehnatning kecha-kunduzi);
[olmosh qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi q olmosh qaratuvchi Q ot qaralmish (mening vatanim);
[ravish qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi q ravish qaratuvchi Q ot qaralmish (hozirning huzuri).
Umumiy [W qaratqich kelishig → W egalik qo‘shimchasi] qolipining bu ko‘rinishlari ham bevosita kuzatishda berilgan, ular o‘zaro a’zolarining qaysi turkumga mansubligi bilan farqlanar ekan, demak, bu farq lug‘aviy mohiyatlar asosidadir.
[W qaratqich kelishigi – W egalik qo‘shimchasi q qaratuvchi-qaralmish qolipi hosilalari turli xil ma’noviy munosabatni namoyon qiladi. Misol sifatida bir-biriga o‘xshash bir nechta nutqiy SB ni qiyoslab ko‘raylik (38- jadval):
Dostları ilə paylaş: |