Mavzu: Suҳbat metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Pedagogik kuzatish metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Sotsiometriya metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Reja



Yüklə 45,21 Kb.
səhifə8/15
tarix02.12.2023
ölçüsü45,21 Kb.
#137787
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Mavzu Suҳbat metodi turlari va unga qo’yiladigan asosiy talabl-fayllar.org

Metodika – aniq belgilangan maqsadga erishish yo‘lida, ma’lum
vazifalarni bajarishda foydalaniladigan pedagogik faoliyatning tashkiliy
shakllari, metodlari va vositalari jamlanmasi hisoblanadi.

Agarda metod umumiy xarakterga ega bo‘lsa, undan farqli ravishda metodika
xususiy xarakter kasb etadi. Ya’ni, har bir metodika muayyan shaxsning
muallifligida asoslanadi. Pedagogik va psixologik jarayonlarda ikki turdagi
metodikalardan foydalaniladi.
Ya’ni:
1) boshqalar tomonidan ilmiy-metodik jihatdan asoslangan va pedagogik,
psixologik tashxislash jarayonlarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan mualliflik
metodikalari;
2) o‘rganilayotgan mavzuning g‘oyasi, uning negizida aks etgan yo‘nalish
mohiyati, o‘quvchilarga taqdim etiladigan o‘quv materialning mazmuni,
tashxislanishi kutilayotgan holat (o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari yoki
axloqiy tarbiyalanganligi)ning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda har bir
o‘qituvchi tomonidan majmuaviy, tizimli ravishda qo‘llaniladigan metodikalar.
Psixolog S.L.Rubinshteyn metodikani xususiy, yordamchi hamda muayyan
vaqt oraliqlarida qo‘llaniladigan ilmiy-tadqiqot xarakteridagi metod deb
hisoblaydi65.
Tashxislash maqsadida qo‘llaniladigan metodikalarni ishlab chiqish murakkab
jarayondir. Turli psixologik hamda pedagogik muammolarni samarali tadqiq
qilishga bo‘lgan ehtiyoj pedagog hamda psixologlarni mualliflik metodikalarini
shakllantirishga rag‘batlantirdi. So‘nggi o‘n yillikda esa ham pedagogika ham
psixologiya sohasida tashxislovchi xarakterga ega mualliflik metodikalarini ishlab
chiqishda o‘ziga xos tajriba to‘plandi. Buning natijasida tashxislashda
qo‘llaniladigan metodikalarni guruhlarga ajratib o‘rganish imkoniyati yuzaga
keldi. Ayni vaqtda ular quyidagicha guruhlanmoqda:

1. Rasman e’tirof qilingan metodikalar. Bu guruhga testlar, anketalar,
loyihaviy texnika metodikasi (loyihalar yoki modellar), psixologik-fiziologik
metodikalarni kiritish mumkin. Bu guruhga kiritilgan metodikalar uchun quyidagi
xususiyatlar xos:
vaqtning aniq belgilanganligi;
tekshirish yoki sinovning moddiylashganligi (ko‘rsatmagan qat’i amal
qilinishi; taqdim etilgan materialga nisbatan rug‘batni yuzaga keltirish
usullarining qat’i belgilanganligi;
tashxis jarayoniga sub’ektlar ta’sirining bo‘lmasligi va boshqalar);




  1. Yüklə 45,21 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin