X. Ekspert baholash metodi. Pedagogik diagnostikad faol. Samarali
qo‘llaniladigan metodlardan yana biri – ekspert baholash metodi sanaladi.
Ekspert baholash metodi – malakali mutaxassislar tomonidan o‘rtacha
arifmetik qiymatni topish yo‘li bilan shaxs faoliyati, ma’lum jarayon,
tizimning sifat ko‘rsatkichlarini baholashga xizmat qiladigan usul.
Metodning mohiyati muammo yuzasidan ekspert tahlilini sifat va miqdor
MAVZU:Pedagogik konsilium yoki ekspertlar metodi: mazmuni, moҳiyati va qo’llash tartibi. Pedagogik korrekstiyada ta’limning ma’lumot beruvchi metodlaridan foydalanish yo’llari Pedagogik korrekstiyada interfaol metodlarni qo’llash yo’llari
Reja:
1. Psixologik-pedagogik metodikalar va ularning ta’lim jarayonini tashxislashdagi
o‘rni.
2. P.I.Tretyakovning “Ta’lim olganlik darajasini tashxislash” metodikasi.
3. G.A.Russkiy tomonidan asoslangan “O‘quvchilarning o‘quv materiallari
matni bilan mustaqil ishlashga tayyorlik darajasini tashxislash” kabi metodikasi.
Tayanch tushunchalar:metod, tashxis metodi, metodika, tashxislovchi
metodika.
I. Psixologik-pedagogik metodikalar va ularning ta’lim jarayonini
tashxislashdagi o‘rni. Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida pedagogik
diagnostikani tashkil qilishda tashxislovchi metodlar bilan birga psixologikpedagogik xarakterga ega mualliflik metodikalari ham qo‘llaniladi.
Psixologik-pedagogik diagnostika metodikalarishaxsning individual
psixologik o‘ziga xosliklari hamda axloqiy fazilatlarga egalik darajasini
o‘lchash hamda baholashga qaratilgan faoliyatning shakl, metod va
vositalari yig‘indisi. Psixologik hamda pedagogik adabiyotlarning aksariyatida tashxislash
maqsadida qo‘llaniladigan barcha psixologik-pedagogik metodikalar bir nom bilan
“psixologik testlar” deb nomlanadi63. Metodikalarning bunday nomlanishi xato.
Zero, metodikalar sifatida birgina testlardan foydalanilmaydi. Qolaversa,
“metodika” tushunchasi negizida faqatgina metodlar ifodalanmaydi. Shu sababli
ayni o‘rinda “metodika” tushunchasining mohiyatinitushunib olish talab qilinadi.
Metod (yun. “methodos” — put issledovaniya ili poznaniya) – ta’lim
(tarbiya) maqsadiga erishishning yo‘li, usuli; “doimiy ravishda
rivojlanib va shaklan o‘zgarib boradigan usul yoki uslublar, usullar va
qadamlar, harakatlar”64. Etimologik nuqtai nazardan “metodika” tushunchasi “metod” + “ika”
qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan. Rus tilida “ika” (eka, teka, dika)
qo‘shimchasi “saqlanadigan joy”, “jamlanma” ma’nolarini bildiradi. Masalan,
Biblioteka – Bibliyalar saqlanadigan joy; kartoteka – yig‘ilib, tartiblangan,
mazmun bo‘yicha ajratilgan ma’lumotlar qayd qilingan bir xil hajmdagi kartochka
yoki varaqalar jamlangan joy; metodika – metodlar jamlanmasi.
Biroq, ayni o‘rinda shuni ham aytib o‘tish joizki, metodika faqatgina metodlar
yig‘indisidan tashkil topmaydi. Nazariy jihatdan metodika muayyan maqsadga erishish yo‘lida o‘qituvchi tomonidan tanlangan pedagogik faoliyat shakllari,
metodlari va vositalarining yig‘indisidan tarkib topadi.