Mavzu: Tarbiya turlari, mazmuni, maqsad va vazifalari, shakl va metodlari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə3/5
tarix01.02.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#122874
1   2   3   4   5
Tarbiya turlari, mazmuni, maqsad va vazifalari, shakl va metodlari

5. Estetik tarbiya. Hayotda tabiat go‘zallikning manbasidir. U estetik tuyg‘ularni, bolalarning kuzatuvchanligini va tasavvurini rivojlantirish uchun juda boy material beradi. Bundan tashqari, san’at ham estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. San’at orqali estetik tarbiyalash pedagogikada badiiy tarbiya deb ataladi. U quyidagi metodlardan foydalangan holda olib boriladi: Badiiy asarlarni namoyish qilish va ijro etish. Badiiy asarlarni tahlil qilish va baholash.

6. Ekologik tarbiya- davr talabiga ko‘ra, yana boshqa yo‘nalishda ham ish olib borish talab etilmoqda. U ham bo‘lsa ekologik tarbiya masalasidir. Ekologik tarbiya, albatta, ekologik bilim asosida shakllanadi, lekin u o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ekologik tarbiya insonda tabiatga nisbatan to‘g‘ri, oqilona munosabatni shakllantirish masalasi ustida ish olib boradi va o‘z oldiga o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishdek maqsadni qo‘yadi. Ekologik tarbiyaning mazmuniga ekologik onglilik, ekologik his-tuyg‘ular (tabiatga, insonlarga, hayotga nisbatan munosabatlar) kiradi. Demak, ekologik tarbiya inson hayotida, jamiyatda, vatanda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekologik tarbiyaning shakllanishiga ekologik bilimlarni egallash bilan bir qatorda ekologik munosabatlarni ham shakllantirib borish zarur. Ekologik munosabatlarga quyidagi kabi komponentlarni kiritish mumkin:

  • Hayotga munosabat.
  • Yaxlitlik hissini tarbiyalash.
  • Javobgarlik hissini tarbiyalash.
  • Tabiat go‘zalliklarini his eetish.

7.Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiya—bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy munosabatlarni, qonunga itoatkor xulqatvor ko‘nikmalari va odatlarni shakllantiruvchi uyushgan, aniq maqsadni ko‘zlagan ifodasidir. Huquqiy tarbiyani bolaning kichik yoshidan boshlab amalga oshira boshlash, huquqiy axborotlarning birinchi darajali tus olishiga erishish, shaxsning umumiy dunyoqarashi va ijtimoiy yo‘naltirilganligining tarkibiy qismi tarzida huquqiy qarashlariga asoslanishi zarur. O‘sib kelayotgan yosh avlod huquqiy tarbiyasining xususiyatlari yangi jamiyatning o‘z xarakteri, turmush tarziga asoslanadi. Ularning tamoyili jihatdan yangi, yanada murakkab muammolarni hal etish zarurligini ifoda etadi. Avvalo, huquqiy tarbiya yosh avlodni kamol toptirishning samarali vositasi sanaladi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin