“Tashqarining” aralashuvisiz o’z-o’zidan bormaydigan jarayonlar notabiiy yoki manfiy jarayonlar deb ataladi. Bunday jarayonlar izolirlangan sistemalarda bora olmaydi, chunki ularning borishi uchun tashqaridan ta’sir zarurdir. Bu ta’sir tashqi muxitdan energiyani ish yoki issiqlik ko’rinishida uzatilishi bilan amalga oshirilishi mumkin. O’z-o’zidan bormaydigan jarayonlarga misol qilib – issiqlikni sovuq jismdan issiqrok jismga o’tishi; elektrolizda moddalarni elektrodlarda ajralib chiqishi; suyuqlikning satxlarini farqini vujudga keltirish va xokazo. Bu misollarda birinchisi sovutgich (xolodilnik) larda elektr energiya yordamida amalga oshirilsa; ikkinchisini amalga oshirish uchun ҳam elektr energiya tashqaridan sarf qilinadi. Uchinchi misolda surgich (nasos) yordamida (ya’ni elektr energiyasi sarf qilib) satxlar farqini hosil qilinadi. Demak bularni ҳammasida “tashqaridan” aralashuv darkor.

Umuman jarayonlar qaytar va qaytmas jarayonlarga bo’linadi.
Jarayonlar tugagach sistemani va tashqi muhitni dastlabki holatga qaytarish mumkin bo’lmasa bu jarayonlar qaytmas deb aytiladi. Bunda odatda sistema eski ҳolatga qaytishi mumkin, lekin tashqi muhitda o’zgarishlar, “izlar” qoladi. Masalan: tashqi muhitdagi jismlar energiyalari o’zgarib qoladi.