Porshen barmogi:
Porshen barmogi porshen bilan shatunni o’zaro sharnirli holda
biriktirib turadi. Porshen barmogini nisbatan yengil bo’lishligi uchun uni kavakli qilib
tayyorlanadi.
4-rasm. Porshen barmog’i
Shatun porshenni tirsakli valning shatun bo’yni bilan birlashtiradi. Shatun, shuningdek
porshenning to’gri chizikli ilgarilama-qaytma harkatini tirsakli valning aylanma harkatiga o’zgartirib
berishda ham xizmat qiladi.
Shatunning pastki golovkasiga yupka ishkalanishni kamaytiradigan antifriksion kotishma quyilgan
vkladishlar o’rnatiladi. Vkladishlar po’lat lenta (karbyuratorli dvigatellarda 1,3…1,8 mm, dizel
dvigatellarida 2…3,6 mm qalinlikda) yuzasiga yupka antifriksion qatlam (karbyuratorlida-
0,25…0,40 mm, dizelda – 0,3…0,7 mm) koplaniladi. Vkladishlarni shatunning pastki golovkasiga
aniq o’rnatish uchun chiqiq yasalgan.
Dostları ilə paylaş: