4 1 Xo`jalik yurituvchi subyektlarning mahsulot ish, xizmatlar ishlab
Sotish hajmi, ming so‘m
O‘sish sur’atlari,
%
bazisli
zanjirli
bazisli
zanjirli
1-yil
515821
100
100
515321
100
100
2-yil
529748
102,7
102,7
529948
102,8
102,8
3-yil
548833
106,4
103,6
547333
106,2
103,3
4-yil
539033
104,5
98,2
538433
104,5
98,4
5-yil
577720
112,0
107,2
573520
111,3
106,5
1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, besh yil ichida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 12 foizga o‘sgan bo‘lsa, bunga mos ravishda mahsulotlarning sotish hajmi ham 11,3%ga o‘sganligini ko‘rish mumkin.
Agar o‘tgan yillarda mahsulot ishlab chiqarish va sotishning o‘sish sur’atlari taxminan mos kelgan bo‘lsa, oxirgi yilda mahsulot ishlab chiqarish sur’ati mahsulot sotish sur’atining o‘sishiga qaraganda yuqori bo‘lgan. Bu korxona omborlarida sotilmagan va xaridorlar tomonidan puli to‘lanmagan mahsulotlar qoldiqlarining to‘planayotganligidan dalolat beradi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotishning o‘rtacha yillik o‘sish (o‘sib borish) sur’atini o‘rta geometrik yoki o‘rta arifmetik o‘lchash usullari yordamida hisob-kitob qilib o‘rganish mumkin. Jumladan, o‘rtacha geometrik usul bo‘yicha hisob-kitob qilinganda quyidagi natijalarga ega bo‘lindi:
O‘m
Bunda: O‘m – mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati;
O‘s – mahsulot sotish hajmining o‘sish sur’ati.
Yuqoridagi hisob-kitoblardan ko‘rinadiki, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘sishining o‘rtacha yillik sur’ati 2,87 %ni tashkil etgan bo‘lsa, mahsulot sotish hajmi o‘sishining o‘rtacha yillik qiymati 2,71 %ga teng bo‘lgan.
Hisobot davrida (oy, chorak, yil)mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishini baholash 14.2-jadvalda keltirilgan uslub bo‘yicha amalga oshiriladi. 14.2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, hisobot davrida tayyor mahsulot ishlab chiqarish rejasi 15,5%ga oshirib bajarilgan bo‘lsa, bunga mos ravishda sotish rejasining bajarilishi ham 14,9%ga o‘sganligini ko‘rish mumkin.
Bunday natijalarni jamiyat uchun ijobiy holat sifatida baholash mumkin, biroq mahsulot ishlab chiqarish rejasi uni sotish rejasiga qaraganda o‘sish darajasi past ko‘rsatkichni tashkil qilmoqda. Bu esa, sotilmay qolgan mahsulotlar qoldiqlarining o‘sganidan dalolat beradi.
Shu sababli, “NAMUNAˮ mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbariyati sotilmay qolgan mahsulotlarni sotish choralarini ko‘rishi lozim.