Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Makroiqtisodiy Tahlil

12.3 – rasm 
72
 
Ikki organ bor deb faraz qilaylik: Markaziy Bank (MB) va Moliya 
vazirligi (MV), ular o‘zlarining ish yuritish, ya’ni, mos ravishda, pul (R, 
M
s
) va budjet - soliq (G, T) instrumentlariga egadirlar. Bu taxlil E nuqtada 
umumiy muvozanat agar organlar nisbatan mustaqil, bevosita 
koordinatsiyasiz harakat qilganlaridagina erishilishi mumkinligini 
ko‘rsatishi kerak
73
. Bunda faqat har qaysi organning vazifasini aniq 
ko‘rsatilishigina muhim bo‘lib qoladi.
Vakolatlar taqsimoti (R. Mandell va M. Fleming xulosalariga 
muvofiq ravishda) shunday qilingan bo‘lsinki, bunda Markaziy Bankga 
tashqi muvozanatni ta’minlash (BP=0) yuklatilgan bo‘lsin va ushbu qoida 
ishlatiladigan bo‘lsin: to‘lov balansi musbat (BP>0) bo‘lganida foiz 
stavkasi pasayadi va uning defitsitida (BP<0) esa ortadi. Budjet - soliq 
siyosati uchun javob beruvchi Moliya vazirligiga esa quyidagi 
instruksiyalarga muvofiq ravishda ichki muvozanatni ta’minlash 
yuklatilsin: ishsizlik sharoitida davlat xarajatlarini (G) oshirish va 
inflatsiya bosimi sharoitida esa uni kamaytirish.
A nuqtadagi (12.4-rasm) iqtisodiyotning boshlang‘ich holati BP 
defitsit va inflatsiya bilan tavsiflanadi. MB C nuqtada tashqi muvozanatga 
erishish maqsadida R ni oshirish yo’lida harakat qila boshlaydi. Bu 
harakatlar iqtisodiyotdagi inflatsion bosimni yumshatadi, lekin uni 
72
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers, 
2015 
73
Bu holdagi mustaqillik boshqaruv organlari boshqa organning ta’sir etishiga emas, balki 
iqtisodiyotning ahvolinigina e’tiborga olib ish yuritishlari nazarda tutiladi. 


133 
batamom bartaraf qilolmaydi. MV ichki balans muammosini hal qilishga 
kirishib, davlat xarajatlarini qisqartirish yo’li bilan, iqtisodiyotni F nuqta 
tomon siljitib, inflatsiyaga ta’sir ko‘rsatadi. MB esa yana vujudga 
kelayotgan, endi BP ning musbat saldosi ko‘rinishidagi, tashqi 
disbalansni bilib qolib, oldingi kursdan birmuncha chekinishga qaror 
qiladi, foiz stavkasini pasaytiradi va iqtisodiyotni I nuqta tomon siljitadi. 
Bunday harakatlar tufayli inflatsiyaning bir qadar jonlanishi MV ning 
diqqatini o‘ziga tortadi va u davlat xarajatlarini kamaytirishni davom 
ettirishga qaror qiladi (harakatning I nuqtadan chapga tomon 
yo’nalganligi). 
Ikkala 
organning 
keyingi 
mustaqil 
harakatlari,
tushunarliki, iqtisodiyotni E nuqta tomon siljitadi, unda bir vaqtda ichki 
va tashqi muvozanatga erishiladi.
Shuni tushinish mumkinki, vakolatlarning boshqacha tarzda 
taqsimlanishi faqat negativ natijagagina olib keladi. MB ga ichki balansni,
MV ga esa tashqi balansni nazorat qilish topshirilgan bo‘lsin. A nuqtadagi 
vaziyatdan (12.5-rasm) kelib chiqib, MB inflatsiyani bartaraf qilish va 
ichki muvozanatni tiklash maqsadida foiz stavkasini B nuqtadagi 
darajagacha ko‘taradi. MV esa BP da musbat saldoni aniqlab, uni G ni 
oshirish orqali neytrallashtirishga urinadi, bu esa daromad, import va 
savdo balansi defitsitining ortishiga olib keladi (BB egri chiziqdagi B 
nuqtadan C nuqta tomon o‘ngga siljish). Lekin tashqi muvozanatning 
yangi nuqtasi (C nuqta) B nuqtadan o‘ngda bo‘lib qoladi, ya’ni iqtisodiyot 
umumiy muvozanat holatidan (E nuqta) uzoqlashadi. 

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin