72
8-BOB.
BUDJET-SOLIQ SEKTORINING
IQTISODIY TAHLILI
8.1. Fiskal siyosat, uning vositalari. Fiskal siyosat vositalarining
yalpi talab va yalpi taklifga ta’siri
Fiskal siyosat
davlat iqtisodiy siyosatining
tayanchi hisoblanib, u
davlat budjeti daromadi yoki xarajatlarini o‘zgartirish orqali iqtisodiyotni
barqarorlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini aks ettiradi.
Shuning uchun fiskal siyosat soliq-budjet siyosati deb ham ataladi.
Davriy tebranishlarni oldini olishga, tekislashga (aksildavriy choralar
ko‘rishga), ya’ni barqarorlikka qaratilgan har qanday siyosat kabi fiskal
siyosatning maqsadlari ham quyidagilarni ta’minlashga qaratilgandir:
barqaror iqtisodiy o‘sish;
resurslarning to‘liq bandligi (eng avvalo davriy ishsizlik
muammosini hal etish);
barqaror narxlar darajasi (inflatsiya muammosini hal etish).
Fiskal siyosat – bu eng avvalo
hukumatning yalpi talabni
ta’minlashga (tartibga solishga) qaratilgan siyosatidir. Iqtisodiyotni
tartibga solish bunday sharoitda yalpi xarajatlarga ta’sir
etish orqali
amalga oshiriladi. Ammo fiskal siyosatning ba’zi vositalari yalpi taklifga
faollik darajasi orqali ta’sir etish uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Fiskal
siyosatni hukumat olib boradi.
Fiskal siyosatning vositalari bo‘lib davlat
budjetining daromad va
xarajatlari hisoblanadi:
davlat xarajatlari;
soliqlar;
transfertlar.
Iqtisodiy davrning holatiga, ya’ni iqtisodiyot hozirda qanday davriy
fazada ekanligiga ko‘ra, fiskal siyosat vositalari turlicha qo‘llaniladi.
Fiskal siyosatning ikki turi mavjud (8.1.1-rasm):
1) Rag‘batlantiriluvchi
fiskal siyosat. 2) Cheklovchi fiskal siyosat.