Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


 –rasm. Ichki muvozanatning grafik tasviri



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

12.2 –rasm. Ichki muvozanatning grafik tasviri
70
 
Shunday qilib, ichki muvozanatni ushlab turuvchi G va R birikmalar 
to‘plami bizga musbat og‘ishga ega YY egri chiziqni beradi. Bu egri 
chiziqdan o‘ngda va pastda turgan barcha nuqtalar ortiqcha talab 
hududida bo‘ladi (davlat xarajatlarining ortishi va pulning arzonlashuvi 
tufayli). YY egri chiziqdan chapda va yuqorida turgan nuqtalar ortiqcha 
taklif (ishsizlik) hududida joylashadi, bu holat G ning qisqarishi va R ning 
ortishi bilan tushuntiriladi.
70
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers
2015 


131 
Budjet - soliq siyosatining qayd etilgan almashuv kursi sharoitida 
samaraliligi 
bevosita 
kapitalning mobilligiga bog‘liq. Davlat 
xarajatlarining o‘sishi foiz stavkasining o‘sishiga olib keladi (davlat fond 
bozorida mablag‘ qarz olib, xususiy sektorga xizmat qiladigan pul 
massasini qisqartiradi), bu esa xorijdan kapital oqimi kelishini 
rag‘batlantiradi. Kapitalning yuqori mobilligida G ning o‘sishiga bog‘liq 
bo‘lgan savdo balansi kapitali amalda kapital harakati hisobi musbat 
saldosi tomonidan koplanadi va MB, almashuv kursida paydo bo‘ladigan 
tendensiyani qoplash uchun xorijiy valutani sotib olishga va uni milliy 
almashuvga tashlashga majbur bo‘ladi va shu tariqa pul taklifini oshiradi. 
Bu holat, davlat xarajatlarini oshirishi bilan bir qatorda, daromadni 
oshirishga ko‘shimcha sabab paydo qiladi
71
. Shunday qilib, qayd etilgan
valuta kursida fiskal siyosat pul siyosatidan farqli ravishda daromad 
darajasiga, shunga muvofiq tarzda ichki muvozanatga, muvaffakiyat bilan 
ta’sir etishi mumkin, bunda kapital mobilligi ortgan sari ta’sir darajasi 
ham kengayadi.
Qanday qilib ichki va tashqi muvozanatning yuqorida keltirilgan 
grafik interpretatsiyasiga muvofiq ravishda, iqtisodiy siyosatning turli 
instrumentlarini ishlatgan holda iqtisodiyatda to‘la (ya’ni ichki va tashqi) 
muvozanatga erishish mumkin? 
12.3-rasmda ichki va tashqi muvozanatlar holatlarining muayyan 
birlashmasi bilan tavsiflanadigan to‘rtta sektorni ajratish mumkin. 1 - 
zona to‘lov balansining defitsiti (BP < 0) va ortiqcha talabga mos, bu esa 
inflatsiya 
(π) 
bilan birgalikda ro‘y beradi. II zona to‘lov balansining 
defitsiti (BP<0) va ortiqcha taklifga mos, bu esa ishsizlik (u) bilan 
birgalikda ro‘y beradi. III zona to‘lov balansining musbat saldosi (BP > 
0) va ortiqcha taklifga (u) ga mos. Nihoyat, IV zona to‘lov balansining 
musbat saldosi va ortiqcha talab (π) ni ko‘rsatadi. Shu grafik asosida to‘la 
muvozanatga (E nuqta) yaqinlashish maqsadida iqtisodiy siyosatning 
yunalishlari va instrumentlarini to‘g‘ri tanlash yuzasidan tasavvur hosil 
qilish mumkin.
71
Ichki xususiy investitsiyalarni siqib chiqarishning haqiqiy effekti xorijiy kapitalning oqib kirishi va 
pulga taklifning ortishi bilan qoplanadi, bu esa fiskal siyosatning daromadga musbat ta’sirini ancha 
oshiradi va uning yordami bilan ichki muvozanatni tez tiklashga imkon yaratadi (12.2-rasmda E nuqtadan 
A nuqtaga harakat) 


132 

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin