Mazkur majmua Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/33
tarix02.06.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#127710
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Badiiy matn tahlili МАЖМУА

Boʻlay desang bogʻbon, 
Yo Vatanga posbon, 
Yo osmonda uchuvchi, 
Yo dengizda suzuvchi, 
Nimani qilsang tilak, 
Bariga oʻqish kerak. 
Sanʼatkorning qaysi turkumda yaratgan asarini olmang, barchasida hayotbaxsh ruh, 
bolani nimagadir chorlash, yaxshilik, aʼlo oʻqish, axloq-odobli boʻlishda 
boshqalarga oʻrnak koʻrsatish, qushlar va jonivorlarga mehribon boʻlishdek 
ibratomuz maʼno va mazmun yotadi. 
Shoir oʻquvchi bolalar hayotining faqat eng muhim, hal qiluvchi ahamiyatga ega 
boʻlgan masalalarinigina qalamga oldi va ularni badiiy jihatdan yorqin va ifodali 


81 
qilib tasvirlashga urindi. Bu esa u tomonidan ishlatilgan tasvirlash vositalarining 
naqadar oʻrinli va mazmundorligini tasdiqlaydi, obrazli ibora eng qisqa ifodali va 
mazmundor ibora ekanini isbotlaydi. 
Quddus Muhammadiy sofdil, aʼlochi oʻquvchi bolalarni samimiy sevadi, oʻz 
sheʼrlarida bunday bolalarni maqtaydi. “Aʼlochi Sodiq”, “Sinov”, “Mening 
orzum”, “Bizning uyda”, “Yasha, Omon!”, “Besh”, “Solijonning darsxonasi” va 
boshqa sheʼrlari aʼlochi oʻquvchilar haqida yaratilganligi bilan muhim tarbiyaviy 
ahamiyat kasb etadi. Shoir bu sheʼrlari orqali aʼlo oʻqish, tinmay mehnat qilish 
bilangina ilm-fan sirlarini egallash mumkinligini bolalar qulogʻiga quyadi. 
Quddus Muhammadiy ijodining yana bir qirrasi satirik va yumoristik asarlari bilan 
bogʻliq. “Nomsiz erkatoylar haqida”, “Dum”, “Ahmadjonga uyat”, “Lapashang”, 
“Ravshanjonning qoʻli tilga kirdi” kabi koʻplab sheʼrlarida bolalar xarakteridagi 
yaramas odatlar ayovsiz tanqid qilinadi. Ayniqsa, shoirning “Dum” sheʼri shu 
jihatdan eʼtiborlidir. Ulgurmovchi, uyga berilgan vazifani tayyorlamay “dum” 
bilan yuruvchi oʻquvchilar haqida nasr va nazmda yozilgan koʻpgina asarlarni 
bilamiz. Ammo Quddus Muhammadiy “dum” chilar ustidan kulish uchun mutlaqo 
yangi soʻz va qiyofa topgan. 
Sheʼr quvnoq misralardan tashkil topgan boʻlib, bolalarning ruhiga, pedagogik-
ruhiy xususiyatiga mos tushadi: 
Bir maktabda gap mish-mish, 
Turgʻunning dumi bormish. 
Dum bilan yurish inson shaʼniga yarashmasligi, ikkichi, qoloq, ishyoqmas 
Turgʻunlarning bunday yaramas dumdan qutulib ketishi zarurligi asarning 
mantiqiy xulosasidir. 
Shoir ijodiga nazar tashlasak, mehnatga muhabbat mavzusi alohida oʻrin tutishini 
aytish mumkin. “Bobomning mehnati”, “GES qurilishi”, “Mirob”, “Bu binoni kim 
qurgan?”, “Etik”, “Madraim payvandchi”, “Mamajon shofyor” va boshqa shu kabi 
sheʼrlarda mehnat simfoniyasi jaranglab turadi. Bu yerda shuni ham taʼkidlab 
oʻtish zarurki, mehnat ahlini sevish, ularning bunyodkor faoliyatlarini qadrlash 
birinchi oʻrinda tasvirlanadi. 


82 
“Etik” sheʼrining qahramoni Solijon degan bola. U hali kichkintoy boʻlishiga 
qaramasdan mushohadasi oʻtkir, odobli. U “Oʻrdak burunli kavkazcha etigiga gard 
yuqtirmaydi”. Shunga koʻra uni olifta bola ekan, deb oʻylash ham mumkin. 
Shoir Solijon bilan uning etigi orasidagi munozaraga diqqatni qaratadi. Etik 
oʻzining chiroyliligini koʻz-koʻz qilmoqchi boʻladi: 
Koʻp chiranma husningga, 
Rahmat deb qoʻy bir marta 
Seni tikkan ustangga. 
Solijonning “oʻrdak burunli kavkazcha”, etigini “puf-puflab” kiyib yurishi uning 
tikilishiga sarf qilingan mehnatni yaxshi bilishidan, eʼzozlashidan. Bolalar tabiatan 
olam sirlarini bilishga astoydil qiziqadilar. Shoirning “Dunyoda eng kuchli nima?” 
sheʼri ana shu qiziqishning badiiy ifodasi sifatida eʼtiborga loyiq. Shoir filni 
“togʻni ortsang koʻtaradi”, sherni “filni ham tikka yeydigan”, suvni “daryo, soy, 
irmoqlari, buloqlari koʻp”, sovuqni “daryolarni tosh qotirgan”, issiqni “qish, 
sovuqni qochirgan”, togʻlarni “togʻ-u toshni qulatar”, quyoshni “qarimaydi, 
uchmaydi” deb har xil mavjudot va hodisalarga xos eʼtiborli xususiyatlarni gʻoyat 
jonli, qiziqarli ifodalab, ularni bolalarning suhbati orqali sheʼriy ravishda 
ifodalaydi. Buni oʻqigan bola hodisalarning maʼnosi nimadaligini, ularning 
hayotdagi oʻrnini tushunib oladi. Bu bolaning fikrini, qobiliyatini, ongini, dunyo 
haqidagi tushunchasini oshiradi. Ayniqsa, yosh kitobxon dunyoda kuch-qudrat, 
aql-zakovatda insonga teng keladigan hech narsa yoʻq ekanligini bilib oladi: 
Oʻsha kuchli oʻzimiz, 
Borliqning egasimiz… 
Xotiringiz boʻlsin jam, 
Dunyoda kuchli odam! 
Maktab oʻquvchilari har yili necha ming tonnalab temirtersaklar yigʻib 
topshiradilar. Bu hol anʼanaga aylanib ketgan. Maktab oʻquvchilari bu ishga 
astoydil kirishib, “kim koʻp toʻplashadi” oʻynaydilar. Natijada musobaqalar qizib 
ketadi. Shoir temir-tersak yigʻish chogʻida oʻquvchilarning qizgʻin mehnatini, 


83 
temir-tersaklarning xalq xoʻjaligidagi oʻrnini, ulardan nimalar tayyorlanishini 
“Temirlar oʻyini” sheʼrida ifodalaydi. 
Temirlar oʻyinini ifodalashda shoir bolalarbop vosita, ohang topgan. Sheʼrni oʻqir 
ekansiz, temir-tersaklarni jonlantirish asosida ularning har biriga oʻziga xos tasvir 
topishi va gʻoyani obrazli ifodalay olishini kuzatish mumkin: 
Temirlar jarang-juring, 
Oʻynashib diring-diring, 
Deyishar: “yuring-yuring”, 
Tushdilar qiziq – tansa, 
Sakrashar assa-assa. 
“Temirlar oʻyini”dagi “siniq pero”, “buzuq ruchka”, “eski chelak”, “choʻloq 
ketmon”, “zang bosgan mix”, “keraksiz kalit”, “uzuq zanjir”larning oʻz holiga 
achinishi, bolalar mehnati, tashabbusi tufayli ular ham xalq xoʻjaligini 
rivojlantirishda yaroqli boʻlishidan xushnudligi yanada aniq, jonli, loʻnda 
ifodalanadi: endi ular keraksiz boʻlib, har yerda sochilib yotmaydi. Zavodlarda 
eritilib, qayta quyilganidan soʻng mehnat qurollariga aylanadi, yana oʻz oʻrnini 
topadi. 
Shoir sheʼrning ikkinchi qismida maktab bolalari oʻzlari toʻplagan temir-
tersaklarni zavodga topshirgach, undan nimalar boʻlishini tushuntirishga oʻtadi: 
…Elektr salqi simlar, 
Trolleybus, dizellar. 
Poyezd, vagon, poʻlat iz, 
Daryoni shart toʻsgan GES… 
Hattoki qisqich, chelak, 
Tegirmonda sim elak, 


84 
Palovimiz kapgiri, 
Chovli, kastrul – bari. 
Quddus Muhammadiy sheʼrning qiziqarli, bolalarbop boʻlishi uchun jonlantirish 
usulidan ustalik bilan foydalanib, temir-tersaklar ahamiyatini ularning oʻzlari 
tilidan soʻzlatadi. Har qaysisiga xos va mos sifatlarni topadi. Deyishar: “Yuring, 
yuring”, “biz qachon boʻlamiz Z1L?”, “Traktorga vint boʻlib, paxta maydonin 
koʻray”, “Qurilishga boramiz”, “Temir mehnatkash doʻstim” kabi jonlantirishlar 
sheʼrning gʻoyaviy-badiiy tomondan yuksak boʻlishini taʼminlab, uning taʼsir 
kuchini oshirgan. 
Shoir sheʼrning yengil vaznda, ravon va ohangdor boʻlishi uchun yorqin 
qofiyadosh soʻzlar topa olgan: 
Siniq pero dikillab, 
Buzuq ruchka likillab… 
Temir ishin bilaman, 
Qayda koʻrsam ilaman, 
Maktabga topshiraman 
Zavodga oshiraman. 
Tabiat goʻzalligiga boʻlgan buyuk muhabbat shoirga hamisha hamrohdir. 
Maktabda muallimlik qilib yurgan paytida barg mavzusini oʻtar ekan “Bargjon” 
sheʼrini yozadi. Shu tariqa uning “Momaqaymoq”, “Qoqi oʻt”, “Bogʻimizda bir 
nok bor”, “Tut”, “Tolim gullaydi-yu nega meva tugmaydi?”, “Tok daraxti bir xil-u 
uzumi nega har xil?”, “Shaftoli doktor”, “Asalari va Ahmadjon” kabi sheʼrlari 
paydo boʻldi. 
Shu jihatdan shoirning Hamza nomidagi respublika davlat mukofotiga sazovor 
boʻlgan “Tabiat alifbosi” turkumiga kirgan beshta toʻplami eʼtiborlidir. Shoir bu 
toʻplamlarga kirgan sheʼrlarida tabiat hodisalari, narsa va buyumlar, koinot 
moʻjizalari haqida poyetik xulosalar chiqargan. Bu xulosalar gʻoyat bolalarbopdir. 
Chunonchi, zilzilani yerning gimnastika qilishi deb taʼriflasa, chuvalchangni “er 


85 
traktori” deb ataydi, gilosning qizilligini kichkinaligidan uyalishidan degan 
xulosaga keladi. Xullas, tabiat mavzusidagi har bir sheʼrida shu tariqa bolalar 
xususiyati va tushunchasiga xos ibratli fikr ifoda etiladi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin