21
Tanqidiy fikrlash
–
axborotni tahlil qilish, xulosalar chiqarish va o’tkazilgan
tahlil asosida qaror qabul qilish, shu bilan birga, o’z fikrimizni shakllantirish
va uni himoya qilish imkoniyatini beruvchi asosiy
ko’nikmalardan biri
.
O’qishga kelsak, tanqidiy fikrlash, biz o’qish davomida tayanadigan
manbalarni tanlashda, sababiy munosabatlarni ko’rishda, axborotni
umumlashtirish va tizimlashtirishda, o’z fikrimizni asoslashda va
boshqalarning fikrlashida zaif joy
larni ko’rishda yordam beradi
. Tanqidiy
fikrlash, tarix, falsafa, siyosatshunoslik, jamiyatshunoslik kabi fanlarni
o’rganishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, ulari o’rganishda nafaqat bilimni
namoyish qilishimiz, balki fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishimiz h
am muhim
hisoblanadi.
Tanqidiy fikrlash darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, o’quv dasturi
ham shunchalik oson o’zlashtiriladi
.
Va biz o’qish va o’rgatish haqida umum
iy gapirganimiz
da, o’rgatish va
tanqidiy fikrlash
–
go’yoki ikkita birlashtiriluvchi idish bo’lib, ular birgalikda
Siz bilan bizga u yoki bu axborotga ongli ravishda yondashishga yordam
qiluvchi tizimni yaratadi. Gap shundaki, tanqid bilan fikr yuritish va tanqidiy
fikrlashni bilimSiz
amalga oshirib bo’lmaydi
.
Axir, biz aytib o’tgandek,
tanqidiy fikrlash
–
biron nimani tahlil qilish qobiliyati, eng oddiy tahlil esa
–
biron
nimani boshqa biron nima bilan taqqoslashdan iborat.
Bilim qancha ko’p bo’lsa
,
taqqoslash va tahlil qilish osonroq bo’ladi
. Demak,
insonni aldash, uni biron nimaga ishontirish, biron ishni qilishga majbur
qilish qiyin bo’ladi
.
Chunki, ma’lum bilimlar hajmga ega, tanqidiy
fikrlaydigan inson, qarorni qabul qilishdan oldin bironta dalil yoki vaziyatni
har tomonlama o’ylab ko’radi, uning vaqt o’tishi davomida rivojlanishini
kuzatadi, boshqalarning fikri bilan tanishib chiqadi. Boshqacha qilib
aytganda, tanqidiy fikrlash
–
Sizga gapirilayotgan axborotni tahlil qila olish
qobiliyati.
Ushbu tahlilni amalga oshirishga va tanqidiy fikrlashga bo’lgan ilk
Dostları ilə paylaş: