Nazorat savollari: Mehnat haqi tushunchasi va uning umumiy tavsifi.
Ish haqining qanday turlari mavjud?
YAgona tarif setkasi deganda nimani tushunasiz?
Mehnat haqining qanday turlari mavjud?
Mehnat haqi nimalarga asoslanib belgilanadi?
Mavzuga oid adabiyotlar: 1.O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T. «Adolat» 2017 y.
2.O`zbekiston Respublikasining «Mehnat kodeksi». T. «Adolat» 2014 y. 3.O`zbekiston Respublikasining Mehnat huquqi. Oliy o`quv yurtlari uchun darslik. A.A.Inoyatov. –T. «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» 2002 y.
4.O`zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo`yicha me`yoriy huquqiy hujjatlar to`plami. Toshkent, «Iqtisodiyot va huquq dunyosi», 2006 y.
5.«Davlat xizmatchilarining mehnatini rag`batlantirish to`g`risida» O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 13 maydagi PF-1778-son farmoniga o`zgartirishlar kiritish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 6 martdagi PF-3218-son farmoni. 6.O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga sharhlar. T. TDYUI. 2008.
7. www. Lex.uz
9-Mavzu: Mehnat intizomi
Asosiy savollar:
1. Mehnat intizomi tushunchasi va uni ta`minlash usullari
2. Ishdagi yutuqlar uchun rag`batlantirish.
3. Intizomiy javobgarlik.
1-savolning bayoni Mehnat intizomi tushunchasi va uni ta`minlash usullari. Ma`lumki, mehnat intizomi ishlab chiqarish jarayonidagi ob`ektiv zaruratdir.
Yuridik adabiyotda mazkur tushuncha turlicha talqin etilib kelinadi.
Mehnat intizomi huquqiy normalar bilan mustahkamlab qo`yilgan ishlab chiqarish ishtirokchilarining o`zaro munosabatlarini belgilovchi tartib hisoblanadi.
Oddiyroq qilib aytganda, mehnat intizomi birgalikdagi mehnatning zaruratini hamda mehnat ishtirokchilarining muayyan tartibga bo`ysinishini anglatadi.
Mehnat intizomi turli fanlar predmeti sifatida o`rganiladi. Qonunchilik sohasida esa u huquqiy kategoriya sifatida o`rganiladi va tadqiq etiladi.
Mehnat intizomining huquqiy kategoriya sifatida quyidagi jihatlariga e`tibor berish lozim: