Metall buyumlarni termik sinfga kiruvchi usullarda payvandlash



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə3/22
tarix31.12.2021
ölçüsü1,03 Mb.
#112552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
METALL BUYUMLARNI TERMIK SINFGA KIRUVCHI USULLARDA PAYVANDLASH

79-rasm. Metall elektrod bilan payvandlanuvchi metall orasida elektr yoyni oldirish sxemasi:

a – elektrodning qisqa tutashuvi; b – yupqa suyuq metall pardasining hosil bo‘lishi; d – bo‘yin hosil bo‘lishi; e – elektr yoyining hosil bo‘lishi.

Shuni qayd etish joizki, metallarni payvandlashda tok kuchini I 3000 A, va kuchlanishining 10-50 V oralig‘ida o‘zgartirila olinishi, uning quvvatini 0,01 dan 150 kVt gacha rostlash mumkinligi turli qalinlikdagi har xil metallarni payvandlashga imkon beradi.

80-rasmda yoy kuchlanishining tok kuchiga va yoy uzunligiga nisbatan o‘zgarish grafigi, shuningdek, 80-rasm, b da yoyning tashqi (statik) xarakteristikasi keltirilgan.

Agar yoy uzunligi o‘zgarmas (lyo=const) bo‘lib, tok kuchi 100 A gacha oshganda zaryadlangan zarrachalar soni ortib, yoy ustuni qarshiligi kamayadi. Shuning uchun yoy pasayuvchi statik xarakteristikali bo‘ladi (I-uchastka).

Agar tok kuchi 100-350 A bo‘lsa, yoy ustuni siqilib, gaz hajmi kamayadi. Natijada zarrachalar sonining ortish tezligi kamayadi. Shu sababli yoy kuchlanishi tok kuchiga bog‘liq bo‘lmaydi va yoyning statik xarakteristikasi qat’iy bo‘ladi (IIuchastka). Agar tok kuchi 350 A dan ortsa, yoy ustuni yanada kuchliroq siqiladi va gaz hajmi kamayadi va qarshiligi ortadi. Shu sababli yoyning statik xarakteristikasi ortuvchi bo‘ladi (IIIuchastka).





80-rasm.

a – yoy kuchlanishining tok kuchiga va yoy uzunligiga nisbatan o‘zgarish grafigi; b – yoyning statistik xarakteristikasi.

Agar o‘zgarmas tok bilan metallarni payvandlashda Uyo=f(lyo) funksiyasi deb qabul etsak, unda uni quyidagi emperik formula bo‘yicha ifodalash mumkin:

Uyo = a + blyo, B,

bu yerda, a va i tajriba koeffitsiyentlari bo‘lib, ularning qiymati elektrod materialiga, oraliq gazlar tarkibiga bog‘liq. Metallarni payvandlashda a=10 V; b=2 V/mm deb olinadi.



Yoy quvvati. Yoy quvvati tok kuchiga, kuchlanishiga, elektrodlar materialiga, elektrodlararo muhit va boshqalarga bog‘liq. Agar elektrodlar materiali, oraliq muhitni bir deb olsak, yoy ajratgan issiqlik quvvatini quyidagi formula bo‘yicha ifodalash mumkin:

Qyo=KIU, J/s

bo‘ladi.

Bu yerda, К – tok kuchlanishining nosinusoidal koeffitsiyenti (o‘zgarmas tokda K=l, o‘zgaruvchan tokda K=(0,7-0,9); I – tok kuchi, A; U tok kuchlanishi, V.

Ma’lumki, metallarni elektr yoy yordamida payvandlashda ajralayotgan barcha issiqlik zagotovka va elektrodni suyultirilishiga sarflanmaydi. Bevosita payvandlashga sarflanadigan quvvat effektiv quvvat deyiladi va u quyidagicha ifodalanadi:



Qe = Qyo η, J/S

Bu yerda η – yoy issiqligidan foydalanish koeffitsiyenti (masalan, metallarni qoplamali metall elektrod bilan elektr yoy yordamida dastaki payvandlashda bu koeffitsiyent 0,7–0,85, flyus qatlami ostida metall elektrod sim bilan elektr yoy yordamida avtomatik payvandlashda esa (0,83–0,93 orasida bo‘ladi).



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin