1-tajriba. Metallarning havo kislorodi bilan o`zaro ta’siri.
Kerosinli bankacha ichidan natriyning kichik bo`lakchasini pinset bilan olib, filtr qog`ozida arting va pichoq (yoki linset) bilan kesing. Yangi kesilgan metall yuzasining yaltiroqligiga e’tibor bering. Bir oz vaqt o`tgach, natriyning kesilgan yuzasida qanday o`zgarish kuzatiladi? Tegishli reaksiya tenglamasini yozing.
2-tajriba. Metallarga suvning ta’siri.
a) Natriy bo`lagini (moshdek kattalikdagi) filtr qog`oz bilan artib, ikki tomchi fenolftalein qo`shilgan suvli stakanga soling. Shiddatli reaksiya berishini va eritmaning rangini pushti rangga kirishini kuzating. Natriyga suvning ta’siri reaksiyasining tenglamasini yozing.
b) Probirkaga 2-3 ml suv quying va unga ozgina magniy metali soling. Vodorod ajralishi seziladimi? Probirkani bir oz isiting. Nima kuzatiladi? Eritmaga 1-2 tomchi fenolftalein qo`shing. Eritmaning rangi o`zgaradimi? Reaksiya tenglamasini tuzing va metallar aktivligini ularning suvga ta’siri orqali solishtiring.
3-tajriba. Metallarga kislotalar suyultirilgan eritmalarining ta’siri.
Beshta probirkaga 1-2 ml dan xlorid yoki sulfat kislotasining 10% li eritmasidan quying. Probirkalarning birinchisiga magniy, ikkinchisiga alyuminiy, uchinchisiga rux, to`rtinchisiga temir va beshinchisiga mis metallari soling. Barcha probirkalarda reaksiya boradimi? Reaksiyalar tenglamalarini yozing. Shu tajribaga asoslanib, metallar aktivligi to`g`risida xulosa chiqarish mumkinmi?
4-tajriba. Metallarga konsentrlangan kislotalarning
ta’siri.
a) Probirkaga 1-2 ml konsentrlangan sulfat kislota quyib, mis bo`lagi soling va ozroq isiting. Extiyotlik bilan hidlang. Nimaning hidi keladi. Reaksiyaning tenglamasini yozing.
b) Probirkaga 1-2 ml konsentrlangan nitrat kislota quyib, mis bo`lagi soling. Eritma va ajralib chiqayotgan gaz rangiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing.
Reaksiyalarda qaysi ion oksidlovchi vazifasini bajaradi?