Metallar korroziyasi - metallarning atrofidagi muxit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Asosan 3 bosqichdan iborat: reaksiyaga kirishuvchi moddalarning fazalar chegarasiga — reaksiya zonasiga kelishi; reaksiya; reaksiya mahsulotining reaksiya zonasidan chetlashishi. Bu bosqichlarning har biri, oʻz navbatida, elementar bosqichlardan iborat. Metallar korroziyasi kimyoviy va elektrokimyoviy xillarga boʻlinadi. Kimyoviy Metallar korroziyasi metallarning oksidlanishi va oksidlovchi komponentning qaytarilishidan iborat. Bunday korroziya elektr oʻtkazmaydigan agressiv mu-hitda sodir boʻladi. Elektrokimyoviy Metallar korroziyasi metallarning elektr toki utkazadigan suyuq muhitda — elektrolitlar eritmasida yemirilishi. Bunda metall zarralari elektrolit eritmasida eritmaga oʻtadi.
Metallar korroziyasi yemirilish harakteriga kura, quyidagi turlarga boʻlinadi: tekis, mahalliy, kristallitlararo va korrozion darz. Korroziya natijasida har yili yigʻilgan va inson ishlatadigan barcha metallarning 1—1,5% i yoʻqoladi. Metallarni korroziyadan saqlash uchun baʼzi tadbirlar koʻriladi (mas, legirlovchi elementlar: xrom, nikel va boshqa qoʻshiladi).
3.7. METALLARNING UMUMIY XOSSALARI Barcha kimyoviy elementlarni 80% dan ortikrogi metallardir. Metallarning fizik va kimyoviy xossalari ularning ichki tuzilishiga bog`liqdir.
Metall kristallarining panjara tugunlarida musbat zaryadli ion joylashib, ular orasida elektronlar erkin xarakatda bo`ladi. Elektronlar ning massasi va o`lchami juda kichik bo`lganligi uchun metall kristallarining hajmida erkin xarakat qila oladi. Shu erkin elektronlar metallarning xossalarini belgilaydi.
Metallarning metallmaslardan eng asosiy farqi shundaki, ular kimyoviy reaksiya paytida faqat elektron yo`qotib, elektromusbat oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Metallarning elektron yo`qotish qobiliyati turlicha bo`ladi. Metall o`z valent elektronini qanchalik oson yo`qotsa, u shunchalik kimyoviy aktiv hisoblanadi.
N.N.Beketov metallarni aktivligi kamayib borishi tartibida joylashtirib, «Metallarning aktivlik qatori» ni tuzdi. Eng muhim metallarning aktivligi quyidagicha:
K, Na, Ca, Mg, Al, Mn, Zn, Fe, Ni, Sn, Pb, (H2),
Bi, Cu, Hg, Ag, Au
Metallarning aktivlik qatoridagi o`rniga qarab, ularning kimyoviy xossalari haqida xulosa chiqarish mumkin. Aktivlik qatorida metall qachalik chapda joylashgan bo`lsa:
a) kimyoviy jihatdan aktiv bo`ladi;
b) kuchli qaytaruvchi xossaga ega bo`ladi va oson oksidlanadi, ya’ni elektronni oson yo`qotadi;
v) metall ionini qaytarilishi, ya’ni elektronni qabul qilishi qiyinlashadi;
g) chapda turgan metall o`zidan o`ngdagi metallarning birikmasidan siqib chiqaradi;
d) vodoroddan chapda joylashgan metallar kislotalarning (HNO3 dan tashqari) suyultirilgan eritmasidan vodorodni siqib chiqaradi.