Aharfi kitobga joylab qo`yiladi. (kitob maketiga Akesma harfi yopishtiriladi.)
Quvnoq daqiqa Bolalar she`r so`zlariga mos harakatlarni bajaradilar.
Ayiq polvon o`rmonda
Yemish izlab yuradi.
Uxlaganda tushida
Har kun asal ko`radi.
Tarbiyachi harflarninguch xususiyativa tovushlarning ikki xususiyati haqida ma’lumot beradi.
Tarbiyachiga eslatma:
Harflaro`qiladi, yoziladi va ularniko`rish mumkin.
Tovushlareshitiladi va talaffuz qilinadi.
Harflar bosh va kichik shaklda bo`ladi
Amaliy mashq Tarbiyachi bir nechta so`zni bo`g`inlarga bo`lib (a-na, o-na, olma, non, kapalak, uy, ari) aytadi. Bolalar aytilgan so`zlar bo`g`inlarida Aunli ishtirok etgan bo`lsa A harfli kartochkani baland ko`taradilar.
Ish daftari bilan ishlash Tarbiyachi ish daftarida berilgan topshiriqlarni tushuntiradi, bolalar vazifalarni mustaqil bajaradilar.
Topshiriqlar:
1. Namunaga qarab Aa harfining bosma shaklini yozing.
2. Aharfi so`zning boshida kelgan rasmlarnichiziq bilan birlashtiring.
3. So`zlarni bo`g`inga bo`ling. A tovushi o`rnini qizil rangga bo`yang. Yakuniy qism: 5 daqiqa Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi: - Mashg`ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Atovushi haqida nimalarni bilib oldingiz? (Unli tovush, uni cho`zib aytamiz. Atovushini eshitamiz va talaffuz qilamiz)
- Bosh Aharfini nechta tayoqchadan hosil qildingiz?(Uchta tayoqcha)
-Harflar qanday shaklda bo`ladi? (Harflar bosh va kichik shaklda bo`ladi
Shu asosda maktabgacha yoshdagi bolalar savodxonligi faoliyati tashkil etiladi. Bolalar bu jarayonda tovushlar bilan tanishish malakalari shakllantirilib boriladi. Tarbiyalanuvchilar uchun bu jarayonni qiziqarli tashkil etish pedagog-tarbiyachi mahoratiga bog’liq
Xulosa Ushbu kurs ishidan shuni xulosa qilishimiz mumkinki bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari har tomonlama zamonaviy va yuqori estetik did soxiblari. Ular har qanday vaziyatda bolalar ko’ngliga yo’l topa oladilar va ular xohlagandek tadbirkar tashkil e’tib beroladilar. Yuqoridagilarni inobatga olib shuni aytish mumkini bolalarga har qanday voqea hodisani oddiy tashkil etib tushuntirgandan ko’ra bayramona ruhda ko’rsatib tushuntirsa bola ko’nglida juda chuqur iz qoldiradi va doimo eslab uni unutmaydi.
Tarbiya - o'qituvchi va o'quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o'rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo'lib, tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta'sir etish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo'naltirilgan qizg'in faoliyat jarayonidir.
Bevosita maktabgacha ta’lim tashkilotidagi o’quv tarbiyaviy faoliyatga asosiy ma’sul maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi hisoblanadi. Bilvosita esa maktabgahc ata’lim tashkiloti mudirasi va metodisti rahbarlik qiladi. Maktabgacha ta’lm tashkiloti tarbiyachisi guruhni boshqaradi, mashg’ulotni tashkil etadi, bolalar sog’ligiga javobgar shuning bilan birga maktab ta’limiga sifatli tayyorlashga ma’suldir. Shuning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachining o’rni benihoya ekanligi barchamizga ma’lum.