Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachisi pedagogik faoliyatini o’rganish
Kurs ishining vazifalari: yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib kurs ishining quyidagi vazifalari belgilandi.
- Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi ish mazmunini o’rganish;
- Maktabgacha ta’lim tashkiloti shaxsiga qo’yiladigan talablarni o’rganish;
-Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi pedagogik faoliyati bilan tanishish.
Kurs ishining ob`ekti.Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi faoliyati
Kurs ishinng predmeti: Maktabgacha ta`lim tashkiloti ta’lim tarbiyaviy faoliyatida tarbiyachi faoliyatini o’rganish
Kurs ishining metodlari. tanlangan muammoga oid ilmiy-metodik manbalarni
tahlil qilish, ilg`or pedagogik tajribalarni o`rganish va umumlashtirish, mavzuga oid adabiyotlar va amaliy ishlarni o’rganish.
Kurs ishining metodologik asoslari. O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi Qonuni, «O’zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim kontseptsiyasi», O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nutq va ma’ruzalari, Vazirlar Mahkamasining 155-sonli buyrug’i, “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va tarbiyachi faoliyatiga oid adabiyotlar tahlili.
Kurs ishining ilmiy ahamiyati: Ushbu kurs ishi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarning maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolalar ta’lim tarbiyasidagi o’rnini o’rganish jarayoniga bag’ishlangan bo’lib tarbiyachining kasbiy komptentligi hamda shaxsiy va umumiy sifatlari dastlabki tadqiqot ishilardan biri sifatida tadqiq etildi;
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi faoliyatini o’rganish jarayonida bolalar ta’lim tarbiyasiga samarali ta’sr etish yo’llari hamda ularni maktab ta’limiga sifatli tashkil etishi bo’yicha samarali usullar hamda uni amalga oshirish vositalari belgilandi;
Ushbu kurs ishidan tarbiyachilar, ota-onalar, hamda maktabgacha ta’lim yo’nalish talabalari qo’llanma sifatida foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tuzulishi:2 bob 4 paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.