Eng qadimgi savdo tranzit yollari. «Lojuvard yo’li» va «Shoh yo’li» Bizga ma’lumki, qadimda axolilarning boshka davlatlar bilan savdo, nafaqat savdo balki turli yildagi boshka munosabatlarni urnatishda karvon yullari asosiy urinni egallagan va bu yullarning axamiyati nixoyatda kata bulgan. Xuddi ana shunday karvon yullarining tartibi va madaniy, siyosiy va iktisodiy alokalari ildizi yaki» va urta sharkda neolit davrida ya’ni er.avv-VI-lV ming yilliklarda vujudga kslgan.Bu jarayoklarning rivojlanishi esa bronza davriga tugri keladch.Misol uchun, shu davrda ma’lum va mashxur bulgan «Lojuvard yuli» orkali turli davlatlar, shaxarlar o’rtasida madaniy, iktisodiy kolaversa siyosiy munosabatlar, alokalar urnatilgan. Bronza davridagi yana bir yul Badaxshondai Janubiy Shark tomon Afgoniston orkali Urta Osiyoning kadimgi xalklarini Mesopatamiya shaxarlari xisoblangan Ur, Kish, Uruq Lagashlar bilan boklagan va bu xam millatlararo xamkorliq alokalarda uziga xos zamin rolini utagan, desak yangilishmaymiz. Shu davrga oid yana bir karvon nuli O‘rta Osiyoning janubidagi Baqtriya va Margiyonani Xindistondagi Xarappa va Erondagi Moxinto Doro kabi madaniyat markazlari bilan boglagan. Keyinroq ya’ni er.avv. 2-ming yillikka kelib esa karvon yullarining takomillashuvi natijasida Farg‘ona va Shosh ham Kadimgi Sharq xalqlari bilan aloqalar urnatilgan. Yana bir o‘z davrining eng ma’lum va mashxur karvon yullaridan bulgan. «Shox yuli» deb nom olgan karvon yo‘li er.av. 1 ming yillikning 1-yarmida ayniqsa juda mashxur bulgan.
XIV asr o’rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat.14 asrning 50-60-yilarida Movarounnaxrda feodal tarkoklik goyatda kuchaiyb, o’zaro kurash yanada keskinlashdi. Mashshakatdagi xar bir viloyat aloxida xukmdorlikka ajralib, ullar o’rtasida nizo kuchayib ketgan va konli urushga aylanadi. Xondamirning yozishicha,ulus Yuzga yakin mustakil bekliklarga bulinib ketadi. Samarkand viloyatida Amir Bayon Sulduz, Keshda Amir Xoji Barlos, Xujandda Amir Boyazid Jaloir, Balxda Sulduz ularining xokimligini mutlak deb ataydn. Siyosiy parokandalik uzaro urush va jangjallar iktiosdiy tanglikka sabab bulib. mamlakat axolisini, ayniksa, dexkon xo’jaligini xonavayron kilgan edi. Buning ustiga Sharkiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan Munguliston amirlarn Movarounnagrni bosib olish maksadida bir necha bor Movarounnaxrga yurish kilib, uni talaydilar. Mo’g’uliston am!flarining vayrongarchilikka olib keluvchi yurishlari, istibdodi va zulmiga karshi xalk kuzgaydi. Mana shunday uzaro ichki kurashlar kizigan, mugullar zulmiga karshi mexnatkash xalk xarakatlari boshlangan bir pallada mamlakatda yangi siyosiy kuch yechilmokda edi, ya’ni, kiska vaut ichida jaxon imperiyasini vujudga keltirgan soxibkiron Amir Temur siyosat maydoniga dastlabki mardonavor kadamlarni kuymokda edi.
Podsho Rossiyasi tomonidan Toshkentning bosib olinishi, o‟lkada mustamlakachilik boshqaruvining shakllana boshlashi (1865-yil, general Chernyayev, Mulla Alimqul- “Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi Muvaqqat Nizom”). 1864-yil 1-oktabrda general Chernyayev tayyorgarlik ko`rmay Toshkentni bosib olmoqchi bo`ldi. Biroq shaharni birdaniga bosib olishning uddasidan chiqa olmadi va bu podsho armiyasi askarlariga qimmatgatushdi. 1865-yil boshida Sirdaryo va Yangi Qo`qon chiziqlari orasida Turkiston viloyati tuzildi, Chernyayev uning harbiy gubernatori etib tayinlandi. Turkiston viloyati tasarrufida butun bir viloyat bo`lib, uning zaxiralaridan istilochilik maqsadlarida foydalanishi mumkin edi. Podsho Rossiyasi mustamlaka bosqinchiligining birinchi bosqichi shu bilan yakunlandi.Mustamlaka bosqinchiligining ikkinchi bosqichida Rossiya imperiyasi rejasining bosh maqsadi Toshkentni zabt etish edi. 1865-yil aprel oyi oxirida podsho qo`shinlari Toshkent yaqinida jamlandi. Qo`shinning asosiy zarba kuchini 12 ta to`pdan iborat artilleriya tashkil etardi. Shaharga hujum qilishda shu artilleriya hal qiluvchi rol o`ynashi darkor edi. Podsho qo`shinlarining dastlabki qismlari Toshkentdan 25 km masofada, Chirchiq daryosining chap sohilida joylashgan Niyozbek qal'asi yonida paydo bo`ldi. Qal'a himoyachilariga taslim bo`lishni taklif qilgan MLChernyayev rad javobini oldi. 29-aprelda jang boshlanib, ikki kun davom etdi. Podsho qo`shinlari harbiy qurollar borasida katta ustunlikka ega bo`lib, bir necha soat tinmay to`pdan o`qqa tutib, qal'a devorini teshdilar. Shu teshik orqali askarlar qal'aga kirib olishdi. Toshkent darvozasi deb ataladigan Niyozbek qo`rg`oni shu tariqa bosib olindi. Shundan so`ng general Chernyayev Toshkentga suv borishini to`xtatish, ya'ni aholini ichimlik suvisiz qoldirish uchun Chirchiq daryosi ustidagi to`g`onni buzishni buyurdi.1865-yil 8-mayda u qo`shinini Toshkent ustiga jo`natdi. Biroq podsho qo`shinlari ro`parasida kutilmaganda Olimqulxon boshchiligida Qo`qon qo`shinlari paydo bo`ldi. Shiddatli jang boshlanib, u Qo`qon qo`shinining chekinishi bilan yakunlandi. Shu jangda Olimqulxon yarador bo`ldi va vafot etdi. Buxoro qo`shini Qo`qon qo`shiniga ko`mak uchun keldi, biroq yordam kechikkan edi. 14-iyun kuni Chernyayev Kamolon va Qo`qon darvozalar qarshisiga to`plarni joylashtirib, so`nggi tayyorgarlikni ko`rib bo`lgandi. Podsho qo`shinlari shahar ustiga shiddat bilan o`q yog`dirdi. Kamolon darvozasi yaqinidagi devor vayron qilindi, podsho qo`shini askarlari o`sha joydan shaharga yorib kirishdi, lekin ularni toshkentlik sarbozlarning o`qi to`xtatdi. Hujum to`xtatildi. Go`yo shaharning barcha aholisi jonajon shahrini himoyalash uchun oyoqqa qalqqanday edi. Ko`chalarda kesilgan daraxtlar va aravalardan barrikadalar qilindi (band solindi). Bunday barrikadalar barcha ko`chalarda hamda chorrahalarda qurildi. Shaharda ko`cha janglari boshlanib ketdi, podsho qo`shinlari o`rtasidagi aloqa uzildi, natijada ularning har biri o`zicha jang olib bordi.1865-yil 17-iyun kuni tongda Chernyayev to`rttala daha — Beshyog`och, Ko`kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalari oqsoqollarini o`z huzuriga chaqirib kelishlarini buyurdi. Oqsoqollar general qarorgohiga kelib, muzokaralar olib borishdi va shaharni podsho armiyasiga ixtiyoriy topshirish to`g`risida awaldan tayyorlab qo`yilgan petitsiyani imzolashga majbur bo`lishdi. Shu vaqtdan boshlab, Toshkent Rossiya imperiyasining o`rta Osiyodagi harbiy-siyosiy markaziga aylandi