O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak. Mamlakatimizning barcha hududlarida Prezidenming Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali o'zlarining dolzarb muammolarini hal qildi. Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo'yicha ta*sirchan choralar ko'rildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari janob Al-Husaynning tashrifi yakunlari bo'yicha inson huquqlarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Odamlaraing erkin harakat qilishini cheklaydigan xorijga chiqish vizalari singari umrini mutlaqo o'tab bo'lgan o'tmish qoldiqlari bekor qilindi. Inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo'yicha milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan ochiq muloqotimiz faollashib bormoqda. Insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, shaxsni qamoqda saqlash bilan bog'liq ko'plab holatlar qayta ко'rib chiqildi. Ekstremizm g'oyalari ta'siriga tushib qolgan, to'g'ri yo'ldan adashgan fuqarolar ijtimoiy reabilitatsiya qilinmoqda, ulami sog'lom hayotga qaytarish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Endilikda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi barcha huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati parlament va fuqarolar tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.
51315781
«O’zbek» atamasining kelib chiqishi.«O’zbek» atamasi va uning iste’molga kirib kelishi hamda keng yoyilishi xususida to’xtaladigan bo’lsak, aytish joizki, bu masala ham ma’lum ma’noda printsipial ahamiyatga molikdir. Negaki, bu nom zamirida butun bir halqning tarixiy kechmishi, taqdiri bilan bog’liq holatlar kuzatiladi. Sobiq sovet tarixshunosligida, shuningdek, ayrim qo’shni davlatlarning mualliflari qarashlarida ham «o’zbek» atamasini o’zbek halqining kelib chiqishi bilan atayin bog’lashga urinish hollari kuzatiladi. Bu esa mazkur nozik masalani chalkashlashtirish yoxud suvni loyqalatishdan boshqa narsa emas, albatta. Ma’lumki, xalqimizning «o’zbek» atamasi bilan nomlanishi XVI asr boshlariga to’g’ri keladi. Bu hol asosan yurtimiz hududlariga Dashti Qipchoqdan katta oqim sifatida kirib kelgan o’zbek degan umumiy nomni XV asrda qabul qilgan urug’lar va qabilalar hayoti bilan bog’liq yo’sinda yuz bergan. Ma’lum bo’lishicha, «O’zbek» iborasi XIII-XIV asrlarda yashab o’tgan o’sha davrning mashhur tarixchilari Juvayniy va Rashididin asarlarida ham uchraydi. Mashhur bobokalonimiz, buyuk alloma va davlat arbobi Mirzo Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi» asarida ham «O’zbekiya», «O’zbeklar mamlakati» degan jumlalarga ko’zimiz tushadi. Bunda, bizning nazarimizda, Dashti Qipchoqda yashagan urug’, qabilalar yashagan joy, hudud nomlari ko’zda tutilgan bo’lsa kerak. : «O’zbek» so’zining tub ma’nosi – «o’z-o’ziga bek, xo’jayin, mustaqil». Nima bo’lganda ham «O’zbek» atamasini dastlab Dashti Qipchoqda yashovchi turkiy qabilalar qabul qilgan nom bo’lib, bu qavm, elatlarning yurtimizga o’rnashishi, tubjoy aholi odamlari bilan taqdiran qo’shilishi jarayonida «O’zbek» atamasi Turkistonda yashagan aholining umumiy nomiga aylanadi.