823. Abdulloh ibn Muso aytdilar: "Oyisha (r.a.): "Tungi namozni hech ham tashlab
qo'ymang, chunki Payg'ambar (s.a.v.) uni hech vaqt qo'ldan chiqarmasdilar. Agar bemor
yoki kamquvvat bo'lsalar o'tirib o'qir edilar", dedilar".
348-bob. Dangasalikdan panoh so'ramoq haqida
824. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) ushbu duoni ko'p takror qilardilar:
"Parvardigoro! Sendan g'am-tashvishdan, ojizlikdan, baxtsizlikdan, dangasalikdan,
qo'rqoq-likdan, qarzning og'irligidan va kishilarning g'olib bo'lib ketishi-dan panoh
berishingni so'rayman".