945. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Aksirishni Alloh
yaxshi ko'radi, esnashni esa, yomon ko'radi, chunki esnoq shaytondandir. Shuning
uchun imkoni boricha esnoqni qaytarish kerak. Agar kjii (esnab) "haah" desa, shayton
undan kuladi".
946. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Sizlardan bir kishi aksirib
"Alhamdulillah" desa, farishtalar: "Rabbil 'alamiyn", deydi. Agar u "Rab-bil 'alamiyn",
desa, farishtalar: "Alloh senga rah-mat qilsin", deydilar.
947. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Kimki aksirsa,
"Alhamdulillah" desin. Shunday desa, unga birodari yoki do'sti "yarhamu-kalloh" desin.
Unga do'sti "yarhamukalloh" desa, u "yahdi-kumullohu va yuslihi balakum", deb javob
qaytarsin".
"Yarhamukalloh" - Alloh senga marhamat qilsin. "Yahdikumul-lohu va yuslihi balakum" - Alloh seni hidoyatga yo'llasin va barcha ishlaringni isloh qilsin.