1079. Asmo' binti Yazid Ansoriy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) yonimdan o'tab
qoldilar, men dugonalarim davrasqda o'tirgandim. Rasululloh (s.a.v.) bizga salom
berdilar va: "Valine'matingizga (ya'ni erin-gizga) noshukrlik qilishdan saqlaningiz!" -
dedilar. Men Rasululloh (s.a.v.)dan savol so'rashlikda dugona-larimdan ko'ra dadilroq
edim, Rasululloh (s.a.v.) dan: "Ey, Allohning Rasuli, valine'matiga noshukrlik qilish nima
degani?" - deb so'radim. Rasululloh (s.a.v.): "Ehtimolki, sizlardan biringiz ko'p vaqt ota-
onasi bilan beva (holda) yashaydi. So'ng Alloh taolo unga bir er nasib qiladi, farzand
beradi. Endi u ayol (biror narsa sabab bo'lib eridan) achchiqlansa, noshukrlik bilan
(eriga): "Sizdan hech bir yaxshilik ko'rmadim", deydi", deya marhamat qildilar".