Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
188
jonimni olar) ekansan, rahm qil (Allohim). (Qayta uni jasadimga) yo'llasang, solih
qullaringni asraganingdek meni ham hifzu himoyangga olgin!"
1246. Baro bin Ozibdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Ra-sululloh (s.a.v.): "Uxlamoqchi bo'lgan
odam o'ng yoni bilan yotsin va shunday desin: "Ey, Allohim, o'zingga
yuz-landim,
o'zimni Senga taslim qildim, Senga tayan-dim, e'timod qildim,
Senga xohish-istagim
bor. Sen-dan qo'rquvim bisyor! Sendan o'zga najotkor va Sendan o'zga panohim yo'q!
Najotu panoh - himoya faqat Se-ningdir! Nozil qilgan kitobigga inondim, yuborgan
Payg'ambaringga imon keltirdim". Agar banda mana shularni o'qib
yotsa va vafot etsa
imonli ketadi".
1247. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) yotoqlariga kirganlarida:
"Osmonlaru yerning Parvardigori bo'lmish Allohim! (Ey) donu urug'ni (yaratuvchi,
unduruvchi), Tavrot, Injil va Qur'onni indiruvchi! Sen peshona kokilidan tutadigan
barcha yomonlik egalaridan panoh bergin! O'zing Avvalsan,
Sendan oddin hech narsa
yo'q; o'zing Oxirsan, Sendan keyin hech narsa yo'q; o'zing Zohirsan, Sendan tashqa-ri
hech narsa yo'q; o'zing Botinsan, Sendan mustasno hech narsa yo'q.
qarzlarimdan najot
bergin, faqir-likdan (qutqarib), boy qilgin", der edilar".
Dostları ilə paylaş: