1249. Jobir (r.a.) aytdilar: "Bir kishi uyiga ki-rib, to'shagiga yotganida uning oldiga
farishta va shay-ton shoshiladi. Farishta: "Yaxshilik bilan xotima top-sin", desa,
shayton: "Yomonlik bilan xotima topsin", deydi. (Shunda u kishi) agar Allohga hamd
aytib, Uning zikrini qilgan bo'lsa, (Alloh shayton)ni quvib yubo-radi va (banda) yotib
turgunicha panoh bo'ladi. U uyg'on-ganida ham farishta va shayton unga shoshilishadi
va yana o'shanday deyishadi. (Banda shudda Allohning zik-rini qilib: "O'lganimdan so'ng
jonimni takror qay-targan va uyqumda o'ldirmagan Allohga hamd bo'lsin! Osmonlaru
yerni zavol topishdan saqlab turadigan, agar ular zavolga yuz tutsalar, U Zotdan so'ng
(Undan o'zga) hech kim saqlay olmaydigan Zotga - Allohga shukrlar bo'lsin! Darhaqiqat,
U halim va mag'firatli Zotdir. Osmonni yerga iznsiz qulab tushishidan tutib turuvchi
Allohga hamdlar bo'lsin! Darhaqiqat, Alloh odamlarga nisbatan mehriban va rahmlidir",
desa va o'lsa, shahid bo'lib o'tadi. Agar (o'lmay) tursa va namoz o'qisa, fazi-latlar ichra
o'qigan bo'ladi".