O'ZBEKISTONDA STATISTIKA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH XUSUSIYATI.
I. KIRISH…………………………………………………………….....................2
II. ASOSIY QISM………………………………………………………………...3 Statistika fanining predmeti va usuli………………………………………...3
2.2 Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha va uning oldiga qo’yiladigan talablar……………………………………………………………...6 2.3 O’zbekistonda statistikaning tashkil etilishi………………………………...8
III. XULOSA……………………………………………………………………..17 IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………...18
KIRISH «Statistika» atamasi lotincha «Status» so’zidan olingan bo’lib, bu so’z xodisalarning holati, vaziyati, ahvoli degan ma’noni bildiradi. Ikkinchi bir ma’nosi davlat to’g’risidagi muayyan bilim, ma’lumotlar yig’indisi va davlat ishi bilan shug’ullanuvchilar degan ma’noni anglatadi.
Shu bilan bir qatorda, ushbu nom bilan ayrim davlatlarning tuzilishi va ahvoliga oid bilimlar ham yuritilgan. Shu bilimlarga ega bo’lgan shaxslarni davlat va siyosatlar bilimdoni deb atashgan.
Demak, dastlab statistika deganda davlatlar haqidagi turli-tuman bilimlar (ma’lumotlar) to’plami tushunilgan, keyinchalik bu nom bilan ijtimoiy hayotning turli tomonlarini belgilab beruvchi ma’lumotlar yuritilgan va nixoyat ijtimoiy fanlarning maxsus tarmog’i ham – «Statistika» deb atalgan.
Hozirgi paytda bu termin har xil ma’noda qo’llaniladi. Statistika deganda avvalo ijtimoiy hayotning turli tomonlari – ishlab chiqarish va uning maqsulini taqsimlash, sotish hamda iste’mol qilish, madaniy, ma’naviy va siyosiy hayotdagi xodisa va voqyealar, aholining moddiy farovonligi va hokazolarni ta’riflaydigan umumiy ko’rsatkichlar tushuniladi. Tegishli ma’lumotlarni to’plash va umumlashtirish bilan bog’liq bo’lgan amaliy faoliyat ham statistika deb ataladi. Bundan tashqari, statistika nomi bilan alohida predmeti va metodologiyasiga ega bo’lgan maxsus ijtimoiy fan ham yuritiladi. Bu fanning nomi – statistikaning umumiy nazariyasi deb nomlanadi.
Demak, hozirgi kunda statistika nazariyasi o’z obyekti va usuliga ega bo’lgan mustaqil fan bo’lib, amaliy faoliyatidagi mustaqil tarmoqlari bo’lgan O’zbekiston Respublikasi statistika davlat qo’mitasi, viloyatlarda statistika boshqarmalari, tumanlarda (shaxarlarda) esa statistika bo’limlarini o’z ichiga qamrab olgan.