O'zbekistonda statistika faoliyatini tashkil etish xususiyati


Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha va uning oldiga qo’yiladigan talablar



Yüklə 34,06 Kb.
səhifə3/6
tarix11.04.2023
ölçüsü34,06 Kb.
#125102
1   2   3   4   5   6
STATISTIKA

1.2 Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha va uning oldiga qo’yiladigan talablar.
Statistik kuzatish – statistik tadqiqotning birinchi bosqichi bo’lib hisoblanadi. Bu kuzatish to’g’risida fransuz yozuvchisi Balzak shunday degan edi: «Istagan joyda qulay ahvolda qolish uchun ularni o’rganish va kuzatish kerak».
Har qanday statistik tadqiqot xodisalarni hisobga olish va birlamchi ma’lumotlarni to’plashdan boshlanadi. Bu ma’lumotlar o’z maqsadi va statistik ishlar mazmuni bo’yicha xilma-xil usullarda olinishi mumkin. Masalan: aholi sonini, jinsiy tarkibini, millatini, yoshini, kasbini va boshqa belgilari bo’yicha har bir kishini og’zaki so’rovnomani o’tkazish orqali olinadi. Yoki bo’lmasa, bozorda qanday maxsulot turi va naviga bo’lgan talabni bilmoqchi bo’lsak, u holda shu bozorda aholi talabi va shu maxsulot bo’yicha qay darajada ta’minlanganligini o’rganish maqsadida aholining talabini qayd qilish tashkil etiladi va o’rganiladi. Yoki bo’lmasa, korxonada davlat buyurtmasining bajarilishi bo’yicha ma’lumotlarni olmoqchi bo’lsak, u holda korxona bo’yicha dastlabki hisobni shunday tashkil etish kerak-ki, bu o’z navbatida shunday axborot ma’lumotlarini berishini ta’minlashi kerak bo’ladi.
Bu ko’rsatib o’tilgan holatlar har qanday qo’yilgan maqsad va vazifalar bo’yicha statistik tadqiqotni birlamchi ma’lumotlarni hisobga olishdan boshlash kerak bo’ladi. Lekin bu ma’lumotlarni olishning turli yo’llari borligini ko’rish mumkin: ushbu ma’lumotlarni yo og’zaki, yo ushbu xodisalarni qayd qilish, yo korxona bo’yicha uzluksiz holda hisobni yuritish orqali amalga oshiriladi. Demak, ijtimoiy xodisalar va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy uyushtirilgan asosda to’plash jarayoni statistik kuzatish deb ataladi. U statistik tekshirishning poydevori, birinchi va eng mas’uliyatli bosqichi bo’lib hisoblanadi. U qanchalik to’g’ri va chuqur ilmiy mulohazalar asosida tashkil etilsa, oqibatda tekshirish natijalari ham aniq va qo’yilgan maqsadga javob bera oladigan bo’ladi. Uning natijalari bilan tadqiqot yakunlari belgilanadi. Binobarin, tekshirish samarali va sermazmun bo’lishi uchun birinchi navbatda kuzatishdan olingan ma’lumotlar to’la bo’lishi kerak. shu bilan birga statistik kuzatishni amalga oshirayotganda bir qator shart-sharoitlarni hisobga olishni talab qilinadi. Aks holda, to’plangan ma’lumotlar ilmiy tekshirish talablarini to’la qondira olmasligi va hattoki butunlay yaroqsiz ham bo’lishi mumkin. Eng muhim ilmiy talablar, shart-sharoitlar quyidagilardan iborat:

  • Statistik kuzatish dallilarni bir – biri bilan o’zaro bog’lanishda va bir butunlikda qayd qilish lozim. Binobarin, statistik ma’lumotlar tasodifiy olinmagan holda, balki o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalar ommaviy bo’lishi bilan birga bu xodisalar to’la olingan bo’lishi kerak.

  • Ma’lumotlar to’la-to’kis bo’lishi uchun eng avvalo kuzatilayotgan to’plamdagi birliklar makon (mintaqa, hudud) chegarasida to’la hisobgaolinishi kerak. Bu yerda so’z faqat yoppasiga kuzatish ustida borayotgani yo’q. Bu ma’lumotlarni tanlama kuzatish yo’li bilan ham olish mumkin. Ammo bunday usulda kuzatishni amalga oshirayotganda tanlab olingan to’plamning to’la vakolatligini ta’minlash va unga kiritilgan barcha obyektlarni to’la-tukis, bittasini ham mustasno qilmasdan tekshirish zarurdir. Masalan, qishloq xo’jaligi tarmog’ini o’rganish lozim bo’lsa, u vaqtda barcha shu tarmoqlarning korxonalarini bittasini ham qoldirmasdan hisobga olish kerak. Yoki shu tarmoqqa taaluqli va uning holatini to’la tavsiflovchi bir guruh tipik (toifa) korxonalar hisobga olinadi.

  • Statistik kuzatishning to’laligi ma’lumotlarning vaqt bo’yicha qamrab olinishi bilan ham belgilanadi. Agarda, birinchi yilda to’plam kuzatilsa-yu, ikkinchi yilda uning ayrim birliklari, uchinchi yilda esa qandaydir boshqa birliklar tushib qolsa va shu tarzda kuzatish davom etaversa, u holda olingan ma’lumotlar vaqt bo’yicha to’la –to’kis bo’lmasdan, ularning taqqoslamaligiga putur yetadi. Ayrim xollarda esa xodisalarning vaqt bo’yicha o’zgarishi tasodifiy omillar ta’siridan xoli bo’lmaydi.



Yüklə 34,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin