210. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Raslulloh (s.a.v.): "hech bir
kishi qulim va cho’rim deb aslo aytmasin, qul ham xo’jasini rabbim (tarbiyachim)
demasin. Xo’ja ularni yigitim, qizim deyishi va qul esa xo’jam demagi kerak. Chunki
haqiqiy tarbiyachi Alloh taoloning o’zidir", dedilar".
211. Mutarrif rivoyat qildilar: "Otam shunday dedilar: "Men Bani Omir qabilasining
vakillari bilan Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldim. Shunda hamrohlarim Rasululloh
(s.a.v.)ga: "Siz bandalarning sayyidi, xo’jasisiz", deganlarida, Rasululloh (s.a.v.):
"haqiqiy sayyid Alloh taolodir", dedilar. Ular yana: "Siz ortiqlikda hammamizdan
afzalroqdirsiz va ehson qilishda ham hammamizning ulug’rog’imizsiz", deyishdi. Shunda
Rasululloh (s.a.v.): "Sizlar menga o’zlaringizning oddiy gapingizni gapiravering. Shayton
sizlarni o’z yo’liga yurgazib ketmasin", dedilar".
Rasululloh (s.a.v.) nihoyatda tavozeli bo’lganlari uchun arablarning "Sayyiduna va Mavlono" deydigan va O’rta Osiyo xalqlarining "Taqsir, janoblari" kabi hurmat tariqasida aytadigan gaplarini o’zlariga aytilishini istamas va shunlay muomala qilmaslikni ummatlariga ham o’rgatmoqchi edilar.