10-bob. Ota-ona duosini olmay jannatga kirib bo’lmas
21. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Xor bo’lsin, xor bo’lsin, xor
bo’lsin!" - deb o’n martaba takror qildilar. Shunda sahobiylar: "Yo Rasululloh, kimni
aytayapsiz?" - deb so’rashdi. Rasululloh (s.a.v.): "Ota-onasining ikkalasi yoxud bittalari
keksayib qolgan vaqtida (ularni rozi qilmay) o’zini do’zaxga tushishga mubtalo qilgan
kishini", dedilar.
11-bob. Ota-onasini rozi qilgan kishining umri uzoq bo’lishi haqida
22. Saxd ibn Muoz (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim ota-onasini rozi qilsa, unga
tubo nasib bo’lib, Alloh taolo uning umrini ham ziyoda qiladi", dedilar"
Bandaning umri azaldan taqdir qilingan. Bu o’rinda umrning uzoq bo’lishi degan gap farovonlikka, rizqning mo’lligiga, dunyoviy ishlarning barakali bo’lishiga ishoradir. Tubo - jannatdagi bir daraxt nomi .