Bu bob Shamsuddinxon Boboxonov tarjimasida "Ahmoqlik va johil-lik", deb atalgan, asl matndagi sarlavhani qo'ydik.Hz. Oyishadan rivoyat qilingan 482-hadis turkchadagi 475- hadis va bizning nashrimizdagi 475-hadisning qisman takrori.
483. Abu Nazra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi shunday hikoya qildilar: "Bizlar(ning
qabilamiz)dan bo'lgan Jobir (yoki Juvaybir) degan kishi aytdi: "Men hz. Umarning
xalifalik vaqtlarida u kishidan bir hojat talab qilib Madinai munavvaraga keddim. Kelgan
vaqtim kechasi bo'lgani uchun huzurlariga erta-si kuni erta bilan kirdim. U zot bilan
bo'lgan suhbatimiz orasida men bu foniy dunyo haqida gapirib, Alloh taoloning menga
bergan so'zga ustaligi va ziyrakligi bilan bu dunyoni hech arzimaydigan haqir bir narsa,
deb isbot etishga harakat qildim. Shu vaqtda hz. Umar yonlarida oq kiyim kiygan oq
sochli bir kishi o'tirgan edi. Men gapimni tamom qilganimdan keyin u kishi menga qarab:
"Hamma gaplaringiz aqlli, ammo bu dunyoni shu qadar tahqirlashingiz uncha ma'qul
emas. Dunyo nimadan iborat, bilasizmi? Oxiratga erishmoq yoki oxirat uchun zod-roxila
tayyorlamoq shu dunyoda bo'ladi. Oxirat kuni jazosini ko'radigan yaxshi-yomon ish-
larimizni mana shu dunyoda qilamiz", deb dunyoning yaxshi tomonlarini mendan ko'ra
yaxshiroq bilishini isbot qildi. Shunda men: "Yo amir al-mo'minin! Bu yoningizdagi kishi
kim bo'ladilar?" - deb so'radim. Hz. Umar: "Bu musulmonlarning sayyidi Ubay ibn Ka'b
(r.a.)dirlar", dedilar".
484. Baro ibn Ozib (r.a.u aytdilar: "Rasululloh (s.a.v): Alloh taoloning bergan ne'matlari
uchun rozi va xursand bo'lmaslik va unga shukrona qilmaslik katta gunohdir", dedilar".