Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə293/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
283
amalni Sendan so‘rayman. Allohim, muhabbatingni nafsimdan, ahlimdan va sovuq 
suvdan ham menga mahbubroq qilgin.) Termiziy rivoyati. 
1027/34. Sa’d ibn Abu Vakqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Katta baliqning qornida Rabbilariga iltijo qilgan Zinnunning (Yunus 
alayhissalom) duolari 
«La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz zolimiyn», edi. Biror musulmon kishi 
mana shu kalimalar ila duo qilsa, ijobat etiladi», dedilar. (Ma’nosi: Sendan boshqa iloh 
yo‘q. Seni poklab yod eturman. Albatta men zolimlardan bo‘ldim.) Termiziy rivoyati. 
1028/35. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
huzurlariga kelib, «Ey Allohning rasuli, qaysi duo afzal?» deganida, Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Rabbingdan dunyo va oxiratda ofiyat va sog‘likni so‘ramog‘ing», 
dedilar. U kishi ikkinchi kuni ham kelib, «Ey Allohning rasuli, qaysi duo afzal?» deganida, 
Rasululloh yana shuni aytdilar. So‘ngra uchinchi kuni ham kelganda, yana shu duoni 
aytib, «Agar dunyo va oxiratda ofiyat berilsang, batahqiq najot topding», dedilar (ya’ni, 
Allohumma inniy as’alukal ‘ofiyata val mu’ofota fid-dunya val oxira). Ibn Moja 
rivoyatlari. 
1029/36. Abbos ibn Abulmuttalibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh, menga bir 
narsa o‘rgatingki, men u bilan Allohdan so‘rayin», deganlarida, Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Allohdan ofiyatni so‘ranglar», deb aytdilar. Bir necha kun turib, 
so‘ngra borib, «Ey Allohning rasuli, menga bir narsa o‘rgatingki, men u bilan Allohdan 
so‘rayin», desam, u zot, «Ey Abbos, ey Alloh rasulining amakisi, Allohdan dunyo va 
oxiratda ofiyatni so‘ranglar», deb aytdilar. Termiziy rivoyatlari. 
1030/37. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
juda ko‘p duolar bilan iltijo qilardilar-u, biz undan birortasini yodlab qola olmas edik. 
Shunda men: «Ey Rasululloh, ko‘p duolar bilan iltijo qilasiz-u biz undan birortasini 
yodlamaymiz», desam, u zot: «Ana shu duolarning barchasini o‘zida jamlaganiga dalolat 
qilaymi? U 
«Allohumma inniy as’aluka min xoyri ma sa'alaka minhu nabiyyuka Muhammadun 
sollallohu alayhi vasallam va na’uzu bika min sharri masta’ozaka minhu nabiyyuka 
Muhammadun sollallohu alayhi vasallam va antal musta’onu va ‘alaykal balag‘u vala 
havla vala quvvata illa billah»dir, dedilar. (Ma’nosi: Allohim, nabiyying Muhammad 
alayhissalom so‘ragan narsalarning yaxshisini Sendan so‘rayman. Va nabiyying 
Muhammad alayhissalom panoh so‘ragan narsalarning yomonidan panoh so‘rayman. Va 
Sen yordam so‘raluvchi zotsan. Yetuklik Sengadir. Allohdan boshqa o‘zgartiruvchi va 
quvvat yo‘qdir.) Imom Termiziy rivoyatlari. 
1031/38. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ya zal 
jaloli val ikrom» kalimasini lozim tutinglar va ko‘paytiringlar», deb aytdilar (Ma’nosi: Ey 
ulug‘lik va hurmat egasi.) Termiziy rivoyati. 
Xuddi shu ma’nodagi hadis Nasaiy kitoblarida, Rabiy’a ibn Omirdan (r.a.) rivoyat 
qilinadi. Hokim esa bu hadisning isnodi sahih, dedilar. 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin