Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
— Agar siz jamg‘arma banklarini nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, bu aslida shunday. 
— Biroq, xo‘p deyavering-u, bu bema’ni gap. Axir, ular ham, baribir, bank-ku! Jamg‘arma 
banklaridan ayrimlarining rahbarlari bizning direktsiya tarkibida, va aksincha, jamg‘arma banklari 
bizning bankimiz xizmatidan foydalanadi. Biz ularga garov ashyolarini sotamiz. Ular ham, biz ham, 
umuman, bank amaliyoti bilan shug‘ullanamiz. Bu, qarang-ki, ularning ham, bizning ham o‘z 
«tomon»larimiz bor ekan. Nega shunday bo‘ldi? 
— Tijorat banki bilan jamg‘arma banki o‘rtasida qanday farq bor, bilasizmi o‘zi? 
Miss Kleri bosh irg‘adi, og‘zidan halqa-halqa qilib tutun chiqardi. 
— Ular tijorat kompaniyalariga kredit berolmaydilar. 
— Bu boshqa jiddiy farqning bilvosita natijasidir. 
— Aynan qanaqa farqning? 
— Buning uchun uzoq o‘tmishga sayohat qilishga to‘g‘ri keladi. Bu o‘n ikkinchi asrning birinchi o‘n 
yilligida boshlangan edi. O’sha paytlarda kambag‘allarda faqat ikkitagina imkoniyat bor edi: ular o‘z 
jamg‘armalarini yostiqlari tagiga yashirishlari yoxud sarflashlari kerak edi. Birinchisi unchalik ishonchli 
bo‘lmagani uchun, ular o‘zlarining sariq chaqalarini qashshoqliklarini unutish uchun viski olib ichishga 
sarflar edilar. 
— Ex, bu tuyg‘uni men yaxshi bilaman! 
— Kambag‘allarga vasiylik qiluvchi avliyo otalar bundan dahshatga tushdilar: chunki yoppasiga 
ichkilikbozlik boshlangan edi, — davom etdi Palmer. Shunda shotland maktablari o‘qituvchilarida 
paydo bo‘lgan g‘oyadan foydalanishga qaror qildilar. O’qituvchilar, avliyolar, targ‘ibotchilar va 
islohatchilar shu g‘oyaga binoan jamg‘arma banklari tashkil etishga kirishdilar. Mazkur banklar 
kambag‘allarning har qanday omonat pullarini saqlash uchun qabul qila boshladilar. 
— Qanday makkorlik! 
— Chinakam dahshat. O’sha davr banklari yirik korxonalar omonatlari yoki badavlat kishilarning 
ko‘chmas mulklari bilan muomala qilardilar. Jamg‘arma banklari esa, haftasiga arzimas chaqa 
olishdan ham hazar qilmasdan kambag‘al o‘z maoshidan qo‘yishi mumkin bo‘lgan har qanday 
miqdordagi mablag‘ni qabul qilardilar. Lekin eng makkorlik tomoni shunda ediki, qashshoqlardan 
omonatga olingan sariq chaqalar muomalaga kiritilar, omonatchilarga esa, rag‘bat tariqasida arzimas 
foizlar to‘lanardi. 
— Jinoyat! 
— Hali shoshmang, eng dahshatlisi oldinda. 
— Iy-e, bundan yomoni ham bo‘lishi mumkinmi? 
— Mana, qarang: jamg‘arma banklari o‘zaro qarz berish jamiyatiga aylandi. Aktsiya sohiblariga yo‘l 
bekildi. Banklar omonatchilarning mulki bo‘lib qoldi. Muomaladan tushadigan barcha foyda bevosita 
bankka o‘z chaqasini qo‘yadigan omonatchilarga tegadigan bo‘ldi. 
Ana xolos, bu deyarli sotsializm-ku! 
— Xuddi shunday, — tasdiqladi Palmer. — Lekin hamma gap shundaki, shotland avliyosining 
miyasiga ana shu fikr kelganda, Karl Marks endigina sakkiz yoshga to‘lgandi. 
— O-o! 
— Harholda, jamg‘arma bank tizimidagi bank arboblari o‘ta izchillik bilan harakat qilardilar. Odatda, 
ular o‘z mijozlarining omonatlarini davlat aktsiyalariga joylardilar. O’ta vatanparvarlik va o‘ta ishonch 
bilan joylardilar. Bu banklarning deyarli barchasi xonavayron bo‘lishdan qutulib qoldilar. Boshqalari 
esa inqirozga yuz tutdilar. 
— Yuz yil mobaynida shunday davom etdi, deng? 
— Yuz yildan ham ko‘proq. Keyin yollanib ishlovchilar bo‘yicha har xil yangiliklar: kasabalar 
uyushmasi, kasallik va qarilik hodisasini sug‘urta qilish, hayotni sug‘urtalash, ishsizlik bo‘yicha yordam 
puli, nafaqa va shu kabilar paydo bo‘ldi. Bu borada tijorat banklari chiranishni yig‘ishtirdilar. Ular 
ishchilarning har qanday jamg‘armalarini qabul qilishga qaror berdilar. Ishchi endi ishlaydimi, yo‘qmi, 
sog‘mi yoki kasalmi ekanidan qat’i nazar bankning qadrli mehmoni bo‘lib qoldi. Agar o‘lib qolsa, uning 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin