www.ziyouz.com kutubxonasi
11
u ushbu kengashda otasi o‘lim to‘shagida ekani tufayligina qatnashayotgan bo‘lsa-chi? Unda bu narsa
o‘g‘ilgagina taalluqli, nafsilamrini aytganda, bu uning vijdoniga bog‘liq masaladir.
— U oldindan ko‘ra bilish qobiliyatiga ega, — dedi Garold o‘shanda. — Bunday qobiliyat faqat
bankirlardagina bo‘ladi. Bu — tabiat in’om etgan chinakam bebaho tuhfadir.
Oraga jimlik cho‘kdi. Palmer yo‘talib oldi-da, kulimsirab hazillashdi.
— Shu narsa yaxshi ma’lumki, elektron hisoblash mashinalari firmasi yangi uskunalar tayyorlash
ustida ish olib boryapti. Ana shu uskunalar bu masalani ancha oson hal qiladi...
Boshqa, toza ko‘ylakni kiyarkan, Palmer hammomdagi katta oynada diqqat bilan o‘zini ko‘zdan
kechirdi. Yosh merosxo‘r shahzodani o‘ttiz besh yoshida kichik taxtga o‘tqazish uning otasini ham,
Palmerning o‘zini ham ilhomlantirmadi. Bu haqda o‘zi hatto eshitishni ham xohlamadi. Hozir esa u,
anchagina katta qirollik — «Yunayted benk end trast kompani» saltanatinining kichik taxtiga xuddi
bo‘yniga bo‘yinturuq solganday, o‘tqazib qo‘yilgandi. Shu boisdan ham u darhol mamlakatdagi eng
yirik bankning ikkinchi rahbari lavozimini egallagandi.
Palmer portfeliga qarab qo‘ydi. Bugun bo‘ladigan amaliy uchrashuvga yaraydigan biror foydali
narsani Meygen qog‘ozlari orasiga qo‘yganmikan? Shunday qilib, oldindan ko‘ra bilishdek bebaho
tuyg‘u bugun yana asqotdi. U portfelini ochdi, «Nyu-York banklaridagi ahvol» ma’lumotnomasini
ohista varaqladi, mashinkada bosilgan qisqa sharhlarni qayta-qayta ko‘zdan kechirdi.
Nyu-York moliya dunyosidagi ishlar barqaror edi. Zero, mamlakatdagi barqaror vaziyat shuni
taqozo etardi. Chunki Uoll-strit bir vaqtning o‘zida Nyu-York bilan aloqada bo‘lgan shtatlardagi
minglab banklar o‘tkazayotgan siyosatni ifoda etardi. Palmer vaziyatni chamalab ko‘rib, ahvol
tangligini his qildi. Chunki kredit turkumi bo‘g‘ma ilonga o‘xshab o‘z-o‘zini shu qadar qattiq chirmab
olgan ediki, yana biroz harakat qilsa, o‘z dumini yutib yuborishi hech gap emasdi.
Xuddi avvalgi singari yangi pul oqimiga, jamg‘armaga va naqd mablag‘ga, ya’ni yashil
banknot1larga talab juda katta edi. Zero, bunday banknotlar olingan paytda bank kreditlari tarzida
yangi mablag‘larni vujudga keltirardi va pul muomalasida ulardan keng foydalanish mumkin.
Xususan, kreditlar bilan bo‘ladigan barcha muammo mana shundan iborat edi. Butun mamlakat
banklarga kredit topishda yordam berishga da’vat etardi. Bulturgi avtomobilni yangi rusumdagi bu
yilgi mashinaga almashtirish shart deb hisoblovchi haydovchidan tortib, omborlarida tiqilib yotgan
mahsuloti o‘rniga po‘lat sotib olish uchun pul olishga intilayotgan Detroyt zavodchilarigacha shunga
harakat qilardi.
Biroq, o‘yladi Palmer vujudga kelgan vaziyatni hisobga olarkan, bu yangi pullar qaerdan paydo
bo‘ldi? Odamlar qanday qilib pul jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldilar? Oddiy malakali mexanik oyiga 600
dollarga yetar-etmas, ya’ni yiliga 7200 dollar ish haqi olardi. Daromad solig‘i chegirib tashlansa, unda
6000 dollardan sal ortiqroq pul qolardi. U yashab turgan uy kamida o‘n yildan keyin qulab tushishga
mo‘ljallab qurilgan edi. Bu esa unga qurilishning sotuv narxidan ikki baravar qimmatga tushardi. Shu
tariqa, bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan nasiyaga olingan uy yiliga navbatdagi to‘lov va soliqlar tarzida
kamida 2000 dollarni yutib ketardi. Natijada hayot kechirish uchun 4000 dollarga yaqin pul qolardi.
Shundan 2000 dollari avtomobil va uy buyumlari sotib olish bilan bog‘liq to‘lovlarga ketardi. Shunday
qilib, oddiy amerikalik xotini bilan baxtli va farovon hayot kechirishi va uch farzandini yedirib-ichirib,
kiyintirishi-yu o‘qishi uchun yiliga 2000 dollar, ya’ni haftasiga taqriban 38 dollar qoladi deb taxmin
qilinadi.
Palmer «Nyu-York banklaridagi ahvol» ma’lumotnomasini bir chetga qo‘yib, qarz olib, qarz berish
hayotining bu havo pufagi, nihoyat, qachon yorilarkan deb bosh qotira boshladi. Umuman, shu pufak
yorilishi mumkinmi? Bu halokatning oldini olishning biror chorasi yo‘qmikin?
YuBTK yozuvli ma’lumotnomani olib, varaqladi-da, Palmer qariyb yigirmanchi marta «Katta Odam»
sarlavhali qiyqimga diqqat bilan tikildi. Maqolaning ikkinchi ustuni Berkxardtning tarjimai holi va
martabasi haqida edi. Fotosuratda yigirma metrli yaxta shturvalida kelishgan ammo, jahldor
Berkxardt savlat to‘kib turardi. Surat ostiga esa: «Leyn Berkxardt «Yunayted benk end trast
kompani» jilovdori» degan tagso‘z yozilgandi. Ushbu bo‘lim Berkxardtga mohir yaxtachi sifatida ta’rif