Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
u bu so‘zlarni lug‘atdan topib olar yoki “yaxshi ko‘ramanki” so‘zining naqadar “dahshatli” 
ma’nosi borligini turkcha biladigan har qanday odamdan so‘rab ola bilar edi. Bu masala-
da faqat Mishelnigina emas, Komronni ham nazarda tutish zarur edi. Bu ikkinchi siyosat-
ni harholda udda qilolmagan bo‘lsam kerak. 
Komron so‘zlarimga ham, qiliqlarimga ham kulib: 
— Bu shamol qaerdan esdi birdaniga, Farida? — dedi. 
Qaerdan essa esaversin. Hozir qarab turadigan paytmi? Hamon boyagi harorat bilan: 
— Nachora, shunday... Yaxshi ko‘raman, vassalom, — dedim. — Menga so‘z ber... 
Uyga borganingda ana shu boyoqish bolaga mening nomimdan suvenir* o‘rnida... Suve-
nir o‘rnida... Bildingmi, suvenir d`amur** o‘rnida... 
Enaganing nevarasiga eltib ber deb, Mishelning ko‘zida Komronga bir narsalar bergim 
kelardi. Faqat cho‘ntaklarimdan, aksiga olib, turmaklangan qog‘ozlardan boshqa narsa 
chiqmadi; men bu qog‘ozlarni kechqurungi dars tayyorlash paytlarida mudrab o‘tiradigan 
murabbiyaga otish uchun turmaklab qo‘ygan edim. Lekin chorasizlik bundan ham yax-
shiroq bir narsani ko‘nglimga soldi. Komronni birdaniga qo‘llaridan ushladim, quchog‘iga 
tashlanadigan bir vaziyatni oldim-da: 
— O‘sha bolani mening uchun quchog‘ingga olasan, — dedim. — Betlaridan, ko‘zlarid-
an qayta-qayta o‘pasan, uqdingmi?.. Va’da berasanmi-a?.. 
Komron bilan quchoqlashganday turardik. Nafaslarimiz bir-birimizniki bilan aralashib 
borardi. Hech narsadan xabari yo‘q bo‘lam bu haroratga tushunolmas, hayratidan qutula 
olmas edi. 
Rol muvaffaqiyat bilan o‘ynab bo‘lindi. Endi parda tushsa bo‘lardi. Komronning qo‘lla-
rini qo‘yib yuborib, ezgin bir qiyofada o‘zimni tashqariga otdim. Mishel yo‘lakda orqam-
dan yetib kelib bo‘ynimga osiladi, deb o‘ylardim. Atrofning jimjitligini bilib to‘xtadim, 
orqamga qaytib, lavhalar xonasining eshigi oldiga keldim. Ichkaridan sharpa ham, ovoz 
ham eshitilmagani uchun eshikni ochishdan o‘zimni tutib qololmadim. Nimalarni 
ko‘rmay! Onda-sonda bizga musiqa darsi bergani keladigan qari Kasave emasmi bu? 
Qaltiroq oyoqlari bilan bir taburetkaga chiqib olib, shkaf ustidan nota daftari qidiryapti... 
Tfu, xudo jazoingni bersin! Mishel deb vahimaga tushibman, Komron oldida o‘zimni 
bekorga sharmanda qilibman-a! 
Bezak tutgan odamday yuzimning o‘t bo‘lib yonganini his etdim. Sinfga qaytish o‘rni-
ga boqqa chiqib ketdim. U yerda chashma jo‘mragini ochib, ostiga boshimni tutdim. 
Vujudimda olov harorati bilan birga titroq ham bor edi. Chashma suvlari sochlarim-
dan, yuzimdan oqib, ko‘ylagim ichiga kirib borar, men esam: 
“Sevgi degan narsaning roli odamni shu qadar yondirib titratsa, kim biladi, uning o‘zi 
qanday ekan?” — deb o‘ylardim... 
* * *
O‘sha yil Komron maktabga bir necha bor qatnadi. Shunchalik ko‘p keldiki, eshik har 
safar ochilganda meni dahlizga chaqirgani kelishayotganday tuyulib, yuragim o‘ynay bo-
shlar edi. U menga keltirgan shokoladlar, pirojnoelar, pastalar bilan butun sinf ta’minla-
nib turdi, desam bo‘ladi. 
Ochko‘zlikda ham tirishqoqligi qadar mashhur bo‘lgan sinfdoshlarimdan Mari Pirlanta-
jiyan qand-qurslarimni oppoq yirik tishlari orasida g‘ajirlatib yeydi-da, yashirishning epi-
ni qilolmagan hasad bilan: 
— Jigarso‘xtangki shunday ajoyib narsalar keltirgandan keyin, o‘zing ham rosa jigari-
dan uribsanda, — deydi. 
Afsus, bu mojaro jonimga tega boshladi. Ba’zida o‘zimcha o‘ylanib ketaman: gap ta-
shuvchi bolaning og‘zini yopish uchun keltirilayotgan bu narsalarni dugonalarimga 
boshqacha qilib ko‘rsatishim hayosizlik emasmi? Innaykeyin, Komron nega endi 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin