www.ziyouz.com kutubxonasi
31
Chorasiz bir zarurat boshimga tushdi. Hazil-mutoyiba qilib:
— Xonim afandi yana erta tegdilarmi? — deb so‘radim.
— Qaysi xonim afandi?
— Sizga xat yozgan xonim. Narimon xonim.
Mehmon o‘rniga Najmiya javob berdi:
— Voy, xabaring yo‘qmi? Qachonlariyu... Narimon bitta injenerga tekkan... Besh-olti
oydan beri eri bilan Izmirda turadi...
“Bu gal zora baxtli bo‘lsa, bechora...” degan tilakni men ham uchinchi marta takror-
lab, kuchukchani quchog‘imga oldim-u, tashqariga pirillab chiqib ketdim. Lekin hovuzga
bormadim: chetanlar, bog‘ to‘siqlari ustidan sakrab o‘tib, bog‘ atrofida gir aylana boshla-
dim.
* * * O‘sha yoz sayohatga chiqdim. Uzoqqa emas, Taqirdog‘iga... Ma’lumki, xudo menga
xolalardan mo‘lroq narsa bermagan. Shulardan biri ham Taqirdog‘ida. Eri Aziz pochcham
xolamga uylangandan beri o‘sha yerda dehqonchilik qiladi. Mujgon degan mendan uch
yosh katta qizlari ham bor. Qarindoshlarimning bolalari ichida hammasidan ko‘proq
o‘shani yaxshi ko‘raman.
Mujgon xunuk qiz. Lekin men bunga parvo qilmayman. Oramizda uch yosh farq bo‘li-
shiga qaramay, men uni yoshligimdan beri katta opam o‘rnidan ko‘rib, o‘rganib qolgan-
man. Hozir farqimiz juda kamayib qolgan bo‘lsa ham, hamon unga avvalgiday qarab
“opa” deb gapiraman.
Mujgon opam mening tamom aksim. Men qanchalik sho‘x, qanchalik olov bo‘lsam, u
shunchalik og‘ir, vazmin. Buning ustiga sal zug‘mi ham bor. Xohlaganini qildiradigan bit-
ta shuning o‘zi desam bo‘ladi. Ba’zan nasihatlariga parvo qilmay, xohishlariga qarshi
chiqsam hamki, yana bo‘ysunishga to‘g‘ri keladi. Nega? O‘zim ham hayronman. Odam
bolasi birovni yaxshi ko‘rish halokatiga uchradimi, tamom, o‘shanga qul bo‘lib qoladi.
Mujgon Oysha xolam bilan birga necha yilda bir marta Istambulga kelar, bir necha
hafta chorbog‘da qolar, yo boshqa xolalarimnikida mehmon bo‘lar edi.
O‘sha yoz Taqirdog‘idan meni chaqirib xat keldi. Oysha xolam Basima xolamga
yozgan xatida: “Sizdan-ku umidim yo‘g‘-a, lekin Faridani yozgi kanikulida, albatta,
yuborsangiz, hech bo‘lmasa ikki oygina turib ketsa, kutamiz. Bilasiz-ku, biz ham xola-
miz. Kelmasa, pochchasi ham, men ham, Mujgon ham juda qattiq xafa bo‘la- miz”, —
debdi.
Basima xolam, Najmiya Taqirdog‘ini dunyoning bir burchagida deb hisoblashar, olis
yulduzlarga qaraganday ko‘zlarini suzishib: “Bo‘lmagan gap! Shuncha joyga qanday bo-
rib bo‘ladi?” — deb vahima qilishardi. Men yasama bir hurmat bilan huzurlarida egilib:
— Ijozat bersalaringiz, u yerning borib bo‘lmaydigan joy emasligini isbot qilish
zahmatini bo‘ynimga olsam, — dedim.
Dugonalarim orasida yozgi kanikul kunlarida oilalari bilan birga sayohatga chiqadigan-
lar va qaytgandan keyin bizga og‘iz ko‘pirtirib maqtanadiganlar bo‘lardi. Demak, maktab
ochilganda bizga ham mundoq qadni ko‘tarib gapirish imkoni tug‘iladi.
Bulturgi sevgi savdosiga bu yil sayohat hikoyasi qo‘shilsa bormi, ajoyib dabdaba bo‘lar
edi. Qani endi men ham portfelimni qo‘limga olsam-u, romanlarda yozilgan amerikalik
qizlar singari yakka o‘zim kemaga tushib jo‘nab qolsam. Lekin xolalarim bu orzumni
vahimali chinqiriq bilan qarshilab, yonimga bitta odam olmasdan yo‘lga chiqishimga rozi
bo‘lmadilar. Shunda ham: “Qorong‘ida panjaradan dengizga qarama... Kema zinapoyala-
ridan yugurib tushma” kabi og‘ir nasihatlari bilan ta’bimni rosa tirriq qilishdi, go‘yo
Taqirdoqqa qatnaydigan tog‘oraday paroxodning Transatlantika kemalari singari sakson