Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
Maorif ministrligida inobati yo‘q ekan. Bu diplom bilan sizni ishga tayinlab bo‘lmaydi. 
— Xo‘p, lekin mening taqdirim nima bo‘ladi? 
Bu ma’nosiz savol ixtiyorsiz lablarimdan uchdi. Mudir yana ko‘zoynagini taqdi, keyin 
men bilan hazillashayotganday qilib: 
— Endi u yog‘ini, ijozatingiz bilan, o‘zingiz bilasiz, — dedi. — Shuncha ishlar ustiga 
sizning ham taqdiringizni o‘ylaydigan bo‘lsak, holimizga voy. 
Umrimda zahrini hech mahal unutmaydigan minutlarimdan biri shu edi. Hayhot, 
taqdirim nima bo‘ladi?! 
Yaxshimi-yomonmi, yillarcha zahmat chekdim. Shu yoshimda eng uzoq yerlarga ot-
langan edim. Shunday bo‘lgani holda meni quvmoqdalar. Endi men nima qilaman? Yana 
xolamning uyiga qaytganimdan ko‘ra o‘lganim yaxshi! 
Chiqmagan jondan bir umid, deb narigi mudirning oldiga yugurdim. Yig‘lab yubormas-
lik uchun tishlarimni qisib turib: 
— Bey afandim, mening diplomim yaramas emish, nima qilay endi? — dedim. 
Shu so‘zlarni aytib turib o‘zimni anchagina yo‘qotib qo‘yibmanmi, boyoqish qattiq xafa 
bo‘ldi. 
— Men nima qilay, qizim? Birovga birovning joni achimas ekan, — dedi. 
Shu shafqat yuragimga ancha dalda bo‘ldi. 
— Bey afandim, men albatta ish topishim kerak. Hech kim xohlamagan, eng uzoqdagi 
qishloq bo‘lsa ham mayli, jon-jon deb boraman, — dedim. 
Mudir tuyqusdan esiga bir narsa tushganday: 
— To‘xta, qizim, — dedi. — Yana bir tavakkal-da... 
Burchakda, deraza yonida novcha, barvasta bir bey gazeta o‘qib o‘tirgan edi. Yuzi 
ko‘cha tomonga o‘giriklik bo‘lgani uchun endi oqara boshlagan sochlari bilan soqolining 
bir qisminigina ko‘rib turgan edim. 
Mudir shu kishiga qarab: 
— Bey afandim, bir zumgina ijozat beradilarmi?— dedi. 
U hech nima demasdan o‘girildi, og‘ir-og‘ir odimlar bilan yonimizga keldi. 
Mudir qo‘li bilan meni ko‘rsatib: 
— Bey afandim, siz savobni yaxshi ko‘rasiz. Bu qizcha frantsuz maktabini bitirib 
chiqqan ekan. Ahvolidan, so‘zlaridan kibor oila bolasi ekanligi bilinib turibdi. Lekin, bila-
siz, sho‘ru g‘avg‘oga uchramaydigan birgina olloh. Ishlamasa bo‘lmas ekan. Eng uzoq 
qishloqqa bo‘lsa ham boraman, deydi. Bizning kattakonlarimizni o‘zingiz bilasiz-ku. Tav-
sifga nima hojat? “Bo‘lmaydi!” deyishadi-yu bez bo‘lib turaverishadi. Siz ministr bey 
afandiga bir-ikki og‘iz shipshib qo‘yish marhamatida bo‘lsangiz olam guliston-da, jonim 
bey afandi, — dedi. 
Mudir bu so‘zlarni gapira turib, uning bemavrid mehnat yuki ostida cho‘ka boshlagan 
yelkalarini silardi. Kiyinishidan, o‘zini tutishidan men tanigan odamlarning hammasidan 
boshqacha ekanligini tushundim. Mudirga quloq solib turib astagina egildi, yaxshiroq 
eshitish uchun qo‘lini qulog‘ining orqasiga qo‘ydi. 
Bir oz qonli, lekin yumshoq, mungli ko‘zlarini menga o‘girdi, bo‘g‘iq bir tovush bilan 
frantsuzcha so‘zlay boshladi. Qaysi maktabdan chiqqanimga, qanday o‘qiganimga, nima 
qilmoqchi ekanimga oid savollar berdi. Qaytargan javoblarimdan xursand bo‘lgani sezilib 
turardi. 
Biz so‘zlashib turganimizda bo‘lim mudiri nash’a qilib kulardi. 
— Frantsuzchani bulbulday sayraydi-ya, yo olloh! Turk qizi uchun maqtovga sazovor 
bir fazilat, — deyardi. 
Gulmisol xalfa har doim “Oyning o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘”, deyardi. 
Mana endi kattakon shoir ekanligini men keyincha bilib olgan o‘sha mehribon kishi men-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin