* * *
Qusha-da-si, 25 fe-v-ral.
Ehsonbey biz kutgandan ertaroq tuzalib ketdi. Bugun ertalab sutchoyni olib kirsam,
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
188
kiyinib olgan ekan. Bir yilcha avval Abdurahim poshoning bog‘ida porlab turgan formasi,
chiroyli va mag‘rur chehrasi bilan menga duch kelgan shtab kapitani ixtiyorsiz ko‘z
o‘ngimda gavdalandi. Bu mayorlik formasining yoqasi ichida ingichka bo‘yni qiltirab tur-
gan, yuzidagi yara izidan xuddi ayb narsaday uyalayotgan dardli askar nahotki o‘sha chi-
royli, mag‘rur shtab kapitani bo‘lsa?
Xafa bo‘lganimni yashirolmadim, buni boshqa narsaga yo‘yishga tirishib, yolg‘onda-
kam jahl qildim:
— Ehsonbey, bu axir yosh bolalik-ku! Butunlay tuzalmay turib, nimaga kiyinib oldin-
giz?
Ehsonbey ko‘zlarini yerga olib:
— Yotaverish odamni battar kasal qiladi-da, — dedi.
Ikkalamiz ham jim bo‘lib qoldik. Bir ozdan keyin Ehsonbey ta’bi tirriqligini yashirishga
tirishib:
— Ketmasam bo‘lmaydi, shukur, tuzalib ketdim, — dedi.
Rahmim kelganidan yuragim ezildi. Sezdirmaslik uchun gapni darrov hazilga aylantir-
dim:
— Ehsonbey, chog‘imda, gapimga kirmaydiganga o‘xshaysiz. Yana jangari qaysarli-
gingiz qistab turibdi, deyman-a! Hozir borib doktorga chaqaman, kelib ta’ziringizni bera-
di! — dedim.
Patnisni qo‘ydim-u shoshib tashqariga chiqib ketdim. Lekin doktorning oldiga borma-
dim.
* * *
25 fe-v-ral (kech-ki payt).
Xayrullobey bilan qattiq aytishib qoldim. Ish ustida emas, yo‘q, birovlarning ishiga
aralashaverishda haddidan oshib ketgani uchun...
Ehsonbey to‘g‘risida gaplashib turib edik. Men yuzining buzilganidan juda qattiq xafa
bo‘layotganini aytsam, Xayrullobey labini burib:
— Haqqi bor, men uning o‘rnida bo‘lsam o‘zimni dengizga tashlardim. Bunaqa basha-
ra baliqlarga yem bo‘lishdan boshqa nimaga yarardi! — deb qolsa bo‘ladimi!
Jonim chiqib ketdi.
— Men sizni boshqacha odam deb o‘ylab yurardim, doktorbey. Qalb go‘zalligi oldida
yuz go‘zalligining necha pullik ahamiyati bor? — dedim.
Xayrullobey kulib, meni mazax qila boshladi.
— Bekor aytibsan, kichkina. Bundaqa basharali odamga birov qayrilib ham qaramay-
di. Ayniqsa, sening yoshingdagi qizlar.
Gapining rostligini ta’kidlash uchun yoqasini tutdi. Men isyon qildim.
— Sirlarimni jinday-jindaydan o‘g‘irladingiz, shu yo‘sinda hayotimni ozmi-ko‘pmi bilib
ham oldingiz. Mening chiroyli, nihoyatda chiroyli nishonlim bor edi. Meni aldadi, men uni
qalbimdan yulib chiqardim, men undan nafratlanaman!
Xayrullobey yana xaxolab kulib yubordi. Keyin oq kipriklar ichida mug‘ambirlik bilan
kulib turgan moviy ko‘zlarini xuddi qalbimni ko‘rmoqchi bo‘lganday yuzimga tikib turib:
— Qani, menga bir qara-chi, kichkina, — dedi. — Unday emas, ko‘zimga qarab turib
ayt-chi: uni yaxshi ko‘rasanmi-yo‘qmi?
— Yomon ko‘raman, nafratlanaman!
Doktor iyagimdan ushladi, hamon ko‘zlarimga tikilib turib:
— Voy bechora-ey! Shuncha yildan beri uning yo‘lida qovdek yonib kelyapsan-ku! U
hayvon sen bilan birga o‘ziga ham jabr qilyapti. Bundaqa ishqni u dunyo-bu dunyo topol-
maydi, — dedi.
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Dostları ilə paylaş: |