Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
187
Xayrullobey yaradorning chap tomirini ushlab turardi, keyin uning yuziga yaqin kelib: 
— Ehsonbey!.. Ehsonbey!.. — deb chaqirdi. 
Birdan miyamda chaqmoq urganday bo‘ldi. U Ch...da, Abdurahim poshoning chor-
bog‘ida uchrashgan shtab kapitani edi. Bir qadam orqaga chekindim, kabinetdan qochib 
chiqish, ikkilamchi meni bu yarador ofitserning yoniga yubormasligini doktordan iltimos 
qilish niyatida edim. Tanigan bo‘lsa ham ko‘rib turgan narsasiga ishonmasdi. Kim bilsin, 
yaralangandan beri necha marta hushidan ketgan, dard ichida, o‘t ichida necha bor 
ko‘zlariga har nimalar ko‘ringan ekan. Ha, zaif ko‘zlarining boqishidan sezdim: meni 
ko‘rib turganiga ishonmadi, qonsiz lablari bilan xiyol jilmaydi-yu, tag‘in ko‘zlarini yumib 
oldi. 
Ehsonbey! Bir necha oy avval mening yoshligimdan, himoya qilish mumkin bo‘lgan 
otam, akam... biron kimsam yo‘qligidan foydalanib, meni ishrat kechasiga aldab obordi-
lar. Keyin Ch... shahridan jo‘narkanman, yuragimda surgun qilingan oddiy ko‘cha xotini-
ning haqirligi bosh ko‘tardi, sharmandalikka chiday olmay yuzimni qo‘llarim bilan yashi-
rishga majbur bo‘ldim. Dunyoni boshdan-oxir bir zulm, o‘zimni esa o‘sha zulmga bo‘ysu-
nishdan boshqa chorasi qolmagan bir mushtipar deb hisoblangan kunimda siz meni 
himoya qildingiz, maslagingizni, istiqbolingizni xavfda qoldirdingiz, hatto shirin joningizni 
ham tikib, muruvvat qildingiz. 
Modomiki, qayg‘uli bir tasodif bugun bizni yana uchrashtirgan ekan, mayli, sizdan 
qochmayman, mana shu umidsiz, mana shu og‘ir kunlaringizda yoningizda singlingiz 
bo‘lib xizmatingizni qilaman. 
 
*  *  * 
Qusha-da-si, 7 fe-v-ral. 
 
Ehsonbeyning yarasi qo‘rqinchli emas, biror oydan keyin turib ketsa kerak. O‘ng 
qoshidan boshlanib to iyagigacha cho‘zilib tushgan yarasi yuzini nihoyatda xunuk qilib 
qo‘yadi. 
Xayrullobey yara bog‘larini o‘zgartirayotganda men yonida turmadim. Yuragim dov 
bermagani uchun emas, albatta, chunki har kuni bundan ham battarroq yaralarni ko‘rib 
turaman, asl sababi boshqa edi: men unga qarab tursam, dahshatli yarasiga pichoq uril-
gandan ortiq ozor yetishini bilardim... 
Bechora gospitaldan qanday bashara bilan chiqib ketishini bilar, bu haqda bir nima 
demasa ham, chuqur alam va qayg‘u bilan ezilib kelardi. 
Xayrullobey: 
— Picha sabr qil, yigit, yana yigirma kunlardan keyin soppa-sog‘ bo‘lib ketasan — de-
sa, Ehsonbey o‘tday yonib ketardi. 
Yaradorning shu og‘ir kunlarini yengillashtirish uchun qalbimning butun shafqat qobili-
yatini sarf qilyapman. Ba’zan karavotining yonida o‘tirib kitoblar o‘qib, ertaklar aytib be-
raman. 
Ha, bechora churq etmaydi, lekin xunuk bo‘lib qolish dahshatidan azoblanayotgani va 
bu azobdan bir zum ham qutula olmagani yaqqol ko‘rinib turadi. Ba’zan yeng ichida ta-
salli berishga harakat qilaman. O‘zimni butunlay boshqa narsalar to‘g‘risida gapi-
rayotganga solib, dunyoda yuz go‘zalligiday foydasiz, hatto zararli narsalar yo‘qligini, asl 
go‘zallikni odamning ruhidan, ko‘nglidan qidirish kerakligini aytaman. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin