margaringa bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Sariyog‘ narxining pasayishi esa margaringa
bo‘lgan talabni kamaytiradi.
O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan boshqasiga
bo‘lgan talabning o‘zgarishi teskari bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan,
agar avtomobilning narxi
oshsa, benzinga bo‘lgan talab qisqaradi.
Aksincha,
avtomobilning narxi tushsa, benzinga
bo‘lgan talab oshadi.
5. Kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi ehtimoli. Kelgusida iste’molchi
daromadlari, tovar narxi o‘zgarishining kutilishi va tovarlar miqdorining yetarli bo‘lishi yoki
bo‘lmasligi kabi omillar talab hajmini o‘zgartirishi mumkin.
Kelgusida narxning nisbatan
oshishining kutilishi, iste’molchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning
pasayishi va daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan
joriy talab hajmining
qisqarishiga sabab bo‘ladi.
7.2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar.
Dostları ilə paylaş: