25
Ishlab chiqarish resurslari bozori bilan firmaning o’zaro ta`sir
strategiyasi.
U resurslarni samarali taqsimlashni, ishlab chiqarish resurslarini bilan
talab darajasida ta`minlovchilarni tanlash imkonini beruvchi prinspial holatlar
to’plashni ifoda etadi.
Qiymatli qog’ozlar va pul bozorlarida firmaning harakati, strategiyasi.
Bu strategiya, investisiya, shuningdek mavjud bo’lgan moliyaviy masalalarni
hal qilish uchun yo’nalgan, moliyaviy resurslarni mobilizasiya qonunlarini
ishlab chiqishdan iboratdir.
Turli xil yuridik kelishuvlar xarajatlarini kamaytirish strategiyasi.
Bu strategiya, shartnoma, aloqalar, kelishuvlar jarayonini amalga
oshirish va tayyorlashdan iborat bo’ladi. Bu kelishuvlar xodimlarning
keraksiz komandirovkalarga sarf xarajat qilishni, noaniq axborotlar to’plami
va ishlab tayyorlashni bartaraf etishga imkon beradi.
Shunday qilib iqtisodiy strategiya - bu o’zaro bog’langan va o’zaro
shartli xususiy elementlar mavjudir. Ular firmaning raqobatbardoshligi
darajasining yuksalishini vujudga keltiruvchi va ta`minlovchi yagona
maqsadda birlashadilar.
Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy strategiya - bu firmaning raqobat
ustunliklarini ta`minlovchi sistemadir.
Dostları ilə paylaş: