Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


Ishlab chiqarish strategiyasini ishlab chiqish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/106
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138008
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

1.4 Ishlab chiqarish strategiyasini ishlab chiqish 
 
Korxona iqtisodiy strategiyasining maqsadlari: lokal maqsadlar, missiya 
madaniyat, ishlab chiqarish resurslari, tovar strategiyasi, pul va qiymatli qog’ozlar, 
tashqi iqtisodiy faoliyat, investision faoliyat, qiymat belgilash. 
Ishlab chiqarishni strategik boshqaruvi: ekstropolyasiya tendensiyasi, 
o’zgarishlarni oldindan bilish. 


21
Ishlab chiqarish strategiyasi
ostida u yoki bu sistemaning asosiy 
hisoblangan maqsadi rivojlanishi uchun qoida va usullarni tanlash, tushinish 
qabul qilingan. 
Iqtisodiy 
boshqaruv 
strategiyasi yoki iqtisodiy strategiya: 
a) strategik maqsadlarga iqtisodiy samarali erishishni ta`minlovchi yo’l va 
qoidalarni ishlab tayyorlaydi; 
b) strategik maqsadlarga samarali qoida va usullarida, strategik dasturlarni 
amalga oshirish va ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilarining manfaatlari 
mujassamlanadi. 
Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy strategiya maqsadaga samarali 
erishish uchun iqtisodiy usullar va vositalarni taklif etadi. 
Ishlab chiqarish strategiyasi korxonaning iqtisodiy strategiyasi asosida 
ishlab chiqiladi, shuning uchun u bir xil olish va elementlarni qabul qiladi, 
lekin ular korxonaning har bir struktura bo’linmalari uchun alohida aniqlikda 
bo’ladi. 
Korxonaning iqtisodiy strategiyasi o’z ichiga quyidagi elementlarni 
qabul qiladi: 
1.Maqsadlar sistemasi - korxonaning umumiy maqsadlarining 
bajarilish vaqti, hisobi va natijalari, uning asosiy shartidir. 
- Funksiyalar orasidagi cheklanishlarni aniq o’tkazish. 
- Ma`lum funksiyaning bajarilishi natijasida, korxona rivojlanishini qanday 
darajada o’zgarishi mumkinligini aniqlash. 
- Menejer, korxonaning strategik maqsadi tushunarli ekanligiga amin 
bo’lish; bajarilayotgan funksiyaning rolini va aniq mohiyatini aniqlash. 
Har bir funksional strategiya o’zi yo’naltirilgan aniq ob`yektlarga ega. 
Agar alohida mustaqil qismlarga bo’linmaydigan bir butunlikni o’zida aks 
etsa uni konsentrlashgan strategiya deb ataladi.
Agar bunday bo’linishlar 
mavjud bo’lib, lekin bu qismlar o’zaro bog’liq va bir-birini to’ldirib, bir-
birini hosil qilsa bu strategiyani integrallashtiruvchi deyiladi.
Agarda ob`yekt qismlari bir-biridan alohida avtonom ravishda 
harakatlanuvchi va bu avtonomlarni ta`minlash bilan bog’liq strategiya 
diversifisiyalashgan deyiladi. 
B.Kirlof har qanday firma strategiyasini aniqlovchi va maxsus 
xususiyatlarni beruvchi 9 ta asosiy omillarni ajratgan. 
1. Korporativ missiya, shakllanishi bo’yicha uni strategiyani o’zida 
baholash mumkin. Vaqt o’tishi bilan missiya eskirib boradi, uning natijasida 
raqobatlashuv kurashi yo’nalishi to’g’risidagi qarorlarning noaniqligi kelib 
chiqadi. Bundan kelib chiqadiki, yangi qarorlarni bozor talablari va jamiyat 
taklifi tahlillari asosida ishlab chiqish masalasi turadi. 
2. Raqobatchilikdagi ustunliklar, bular firma uchun raqobat kurashida 
juda qo’l keladi va strategiyani tanlashda yuqori darajada ta`sir etadi. 
3. Biznes tashkiloti, firmalarni alohida bo’limlarga bo’linishi yo’llari 
orqali differensiasiyalash va integrasiyalash bilan xarakterlanadi. 
(Differensiasiyalash-alohida tarkibiy bo’laklarga bo’lish, integrasiyalash-
ayrim bo’laklarning bir -biriga qo’shilib bir butun bo’lishi). 
4. Firmadan chiqarilayotgan mahsulot iste`molchilar talablari va 
hajmlariga muvofiq bo’lishi uni ajralgan foydali xususiyatlari va sotuvdan 
keyingi xizmati. 


22
5. 
Resurslar, ularni firma har xil muhit faoliyati va joriy ishlab 
chiqarishni investisiyalash uchun o’zlashtiradi. 
6. Firma strukturasida kutilayotgan o’zgarishlar, uni rivojlantirish 
maqsadida, tarkibidagi korxonalarni sotish yoki sotib olish natijasidir. 
7. Bozor va uning chegaralari, buning asosida faqatgina geografik 
omillariga emas, balki mahsulot xususiyatlari va iste`molchilari doirasidir. 
8. Ishlab chiqarishni kirish bozorini kengaytirish, aktivlikni oshirish, 
ilmiy izlanishlarni rivojlantirish dasturlarini takomillashtirish. 
9. Menejerlarning omilkorligi va madaniyatini oldindan ko’ra bilish, 
yetakchi bo’lish qobiliyati, ishda muvofaqiyat va muvofaqiyatsiz bo’lgan 
hollarda odamlar bilan to’g’ri munosabatda bo’lish bilan xarakterlanadi. 
B.Karlof aytgan faktorlarga, faoliyatning tavakalligi, tayyorgarlik 
darajasi va xodimlarning kvalifikasiyasi, firmaning tashqi muhiti va 
bog’liqligi oldindan o’z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarish darajasi. 
Shunday qilib, iqtisodiy strategiya firmaning strategiya maqsadga 
iqtisodiy samarali erishish yo’llari va qoidalarini ishlab chiqadi. Bunga lokal 
strategik maqsadlar resurslari va muddati bo’yicha o’zaro bog’lanish orqali 
erishiladi. 
Tadbirkor maqsadga muvofiq biron bir strategik qarorni qabul 
qilayotganda, bu qaror boshqa bozor sub`yektlarining manfaatlarini aks 
ettiruvchi maqsadlarga zid bo’lmasligi kerak. 
Strategik maqsadni tanlash har doim alternativni aniqlash bilan bog’liq, 
ya`ni bu maqsadga erishish uchun nima bilan va nimani hisobidan qurbonlik 
qilish mumkin. 
Resurslarni birinchi bo’lib taqsimlash. Korxona resurslari har doim 
cheklangandir. Tadbirkor qaysi maqsadlarga erishgan taqdirda bu 
resurslarning mahsulotdorligi yuqori darajada ta`minlanishini aniqlashi kerak. 
Boshqaruv harakatlarini amalga oshirish qoidalari. Bu qoidalar ko’p 
hollarda hozirgi vaqtdagi va kelgusida korxona faoliyatini baholash, korxona 
ichki munosabatlariga ma`lum tartib qoidalarni belgilash uchun alohida 
operasiyalarni bajarish uchun tashqi munosabatlarni tartibga solish uchun 
mo’ljallangan. 
Iqtisodiy 
strategiyani 
ishlab chiqish korxonani faoliyatining umumiy 
maqsad sari yo’nalishini, uni pozisiyasini kengaytirish va mustahkamlash 
bilan amalga oshadi. 
Strategiyani ishlab chiqish - uzoq va sermehnat jarayondir, shuning 
uchun uni bir necha yil ichida bir marotaba qayta qurish mumkin, u 
umumlashgan holda, har xil kutulmagan hodisalarni hisobga olgan holda 
shakllanadi. 
Odatda korxona bir emas, balki har xil sharoitga mo’ljallangan bir 
nechta strategiyaga ega. Ularning ichida asosiysi - general strategiyadir, 
bunda korxonaning asosiy maqsadini amalga oshirish yo’llari aks etadi. 
Ko’zlanmagan hollarga “holatiy strategiya”lar ishlab chiqiladi, u og’ir 
ahvoldan chiqish yo’llarini ko’rsatadi. Funksional strategiyalar alohida 
korxonaning bo’lim va xizmatlari uchun ishlab chiqiladi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin