55
yo’qligi korxonalarni xususiylashtirishdan keyingi samarali qo’llab -
quvvatlashda sun’iy to’siqlar yaratadi, xorijiy investisiyalarning jalb etilishini
cheklaydi, oddiy aksionerlar huquqlarining buzilishiga olib keladi. Ayniqsa,
aralash mulk shaklidagi korxonalarda davlatning ishonchli boshqaruvchilari
huquqlari bilan korporativ boshqaruv tamoyillarining uyg’unligini izlab
topish muammosi g’oyat dolzarbdir.
Buning uchun, ayrim jiddiy o’zgarishlar qilish kerak. Xususan:
-korporativ sektorni xususiylashtirishdan keyingi davrda boshqarish
va qo’llab-quvvatlashning milliy tizimini ishlab chiqarish;
- Davlat korxonalaridan aksioner jamiyatlarga aylangan
korxonalarning rivojlanishi muammolarini o’rganish;
- Xususiy mulk shaklidagi korxonalarning faoliyat ko’rsatishi
samaradorligi tahliliga yangi yondoshuvlarni ishlab chiqarish;
- Jahon tajribasini hisobga olgan holda aksionerlik jamiyatining ijro
organi ustidan aksiyadorlarning nazorati samaradorligini, uni boshqarishdagi
ishtirokini oshirishga yo’naltrilgan korporativ boshqaruvning milliy
andozalari va tamoyillarini ishlab chiqarish lozim bo’ladi.
Bugungi kunda kapital qurilish sohasidagi islohotlar chuqurlashib
bormoqda.
Qurilishda hali - beri pudrat va loyiha ishlarining samarali bozori
yaratilmayapti. To’liq xususiylashtirishi mo’ljallangan 11 ta loyiha - qidiruv
tashkilotidan hozirga qadar faqat 4 tasining aksiyalar paketi sotilgan. Holos.
Pudrat ishlari bozorida bajarilgan jami ishlar hajmida nodavlat qurilishi
tashkilotlarining ulushi 60 foizni tashkil etishi qoniqarli holat emas. Albatta.
Bu sohada 2004 yilda bajarilishi lozim bo’lgan asosiy vazifalar
quyidagilardan iborat.
Birinchidan, zarar ko’rib ishlaqtgan, iqtisodiy nochor pudratchi qurilish
tashkilotlarini xususiylashtirish va tugatish jarayonini to’liq yakunlash, loyiha
tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish, pudrat va loyiha ishlarining tom
ma’nodagi bozorini yaratish.
Ikkinchidan, qurilish va loyiha ishlariga doir buyurtmalarni bajarish
bo’yicha tanlov, tender savdolari o’tkazish sifatini oshirish, bu masalada
turli ma’muriy aralashuvlarga chek qo’yish.
Uchinchidan, qurilishda loyiha, smena va texnologiya intizomini
mustahkamlash yuzasidan chora- tadbirlarni ko’rish. Buning uchun kapital
qurilishning hisob-kitob va me`yoriy - smeta bazasini bozor iqtisodiyoti
talablari asosida qayta ko’rib chiqish va yangilash darkor.
Bunda, bir tomondan, qurilish sifatini ko’tarish, ikkinchi tomondan esa
qurilish smeta qiymatinig sun’iy ravishda oshirilishiga yo’l qo’ymaslik,
joylarda yagona byudjyet buyurtmachisi xizmatni joriy etishni tugallash
ko’zda tutilmoqda.
To’rtinchidan, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vaziriligi va Markaziy bank
qurilishni boshidan oxirigacha bajaradigan ya`ni ob`yektni to’la ko’rib,
kalitini topshiradigan pudrat tashkilotlarini kreditlash bo’yicha bozor
mexanizmlarnini ishlab chiqish va joriy etishi zarur.
Beshinchidan, Mamlakatimiz korxonlarida yuqori texnologik qurilish
- pardozlash materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan yangi
dasturni ishlab chiqish va uning ijrosi ustidan qat`iy nazorat o’rganish lozim.
Dostları ilə paylaş: