Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


Kapital qurilish ishlab chiqarishi strategiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/106
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138008
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

3.2 Kapital qurilish ishlab chiqarishi strategiyasi 
 
«Kapital qurilishda islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy 
yo’nalishlari to’g’risida» farmoni iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlaridan 
biri — kapital qurilishda bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishning sifat 
jihatdan yangi bosqichi hisoblanadi va strategik dastur deb qarash mumkin. 
Kapital qurilishdagi islohotlar amalda sust va yarim-yorti amalga 
oshirilayotgani mana shunday keng miqyosli hujjatni qabul qilish zaruratini 
taqozo etdi. Vazirlar Mahkamasining 2002 yilda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 


52
rivojlanishi yakunlariga bag’ishlangan majlisida kapital qurilishdagi 
ishlarning ahvoli qattiq tanqid qilingan edi, qurilish tashkilotlari hamon 
eskicha uslubda ishlab, bozor shart-sharoitlari va talablariga sekinlik bilan 
moslashib borayotgani ta`kidlab o’tilgan edi. Bozor munosabatlariga 
o’tishning asosiy elementi — loyiha va pudrat ishlari bozori vujudga 
keltirilgan emas. Qurilish ishlariga buyurtmalarni joylashtirishga oid tender 
savdolari yuzaki o’tkaziladi — savdolarning ochiqligi, oshkoraligi va po’y-
rost ko’rsatilishi ta`minlanmayapti. 
Kapital qurilishni isloh qilish borasida ilgari qabul qilingan me`yoriy-
huquqiy hujjatlar to’la kuch bilan ishlamayapti. Bu hujjatlarda buyurtmachi 
va pudratchi nimalar uchun aniq javob berishlari, qabul qilingan shartnoma 
majburiyatlarining bajarilmagani uchun ular qanday javobgar bo’lishlari 
qat`iy aks ettirilmagan. Loyiha va qurilish ishlarining qiymati yuqoriligi 
hamda sifatining pastligi jiddiy e’tirozlarga sabab bo’lmoqda. O’tkazilgan 
tekshirishlar chog’ida qurilish mahsulotiga narx belgilash tizimida qo’pol 
buzilishlar, smeta baholarini, qurilish materiallari qiymatini, qurilish-montaj 
ishlari hajmlarini sun’iy ravishda oshirish hollari aniqlandi.
Qabul qilingan farmon qoidalari kapital qurilishda mavjud bo’lgan ana 
shu kamchiliklarni tugatishga qaratilgandir. Farmonning amaliy ahamiyati 
nimadan iborat? Eng avvalo
loyiha va pudrat qurilish tashkilotlarini davlat 
tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish jarayonlarini to’liq tugallash 
vazifasi qo’yilgan. Ularning negizida, qoida tariqasida, xususiy va qo’shma 
korxonalar tashkil etilib, shu asosda loyiha va qurilish ishlarining amaldagi 
bozori vujudga keltiriladi. 
Ishlarni bajarish va inshootlarni to’liq qurib bitkazib topshirish birinchi 
navbatda markazlashtirilgan manbalar hisobidan va hukumat kafolati bilan 
jalb etiladigan investisiyalar hisobidan amalga oshiridadigan qurilishlarni 
tashkil etishning asosiy shakli sifatida e`tirof etildi. Ayni choqda buyurtmachi 
bilan bosh pudratchining mas’uliyati to’liq, bitkaziladigan ishlarni moliyalash 
va kreditlash mexanizmi aniq belgilangan. Maka shu chora-tadbirlarning 
hammasi investisiya jarayoni barcha qatnashchilarini qurilishning pirovard 
natijalariga erishishga, uning qiymatini pasaytirishga, inshootlarni o’z vaqtida 
foydalanishga topshirishga, tugallanmagan qurilish hajmlarini keskin 
kamaytirishga yo’naltirishi lozim. 
Qurilishda tanlov (tender) savdolari o’tkazishni tashkil qilish butun 
tizimini sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish vazifasi qo’yiladi. Xususan, 
zarur aylanma mablag’larga yoki bankning tegishli kafilligiga ega bo’lgan 
pudrat tashkilotlarigina tanlovda ishtirok etishga quyiladilar. O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligiga banklar bilan birga pudrat tashkilotlarining 
aylanma mablag’larini ko’paytirish bo’yicha takliflar tayyorlash topshirildi. 
Farmonda buyurtmachi bilan bosh pudratchi o’rtasidagi, bosh 
pudratchi, subpudratchi, loyiha tashkilotlari hamda qurilish materiallari va 
konstruksiyalari yetkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnomaviy 
munosabatlarni yanada mustahkamlashga, shartnoma majburiyatlarini 
buzganlik uchun iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy javobgarlik choralarini 
kuchaytarishga alohida e`tibor qaratilgan. Shu bilan birga munosabatlar 
tizimida buyurtmachi nomidan ish ko’ruvchi oraliq bo’g’inlarning, vositachi 
tuzilmalarning ishtirokiga barham berish kuzda tutiladi. Chunki ular qurilish 


53
materiallari va ishlari qiymatining sun’iy ravishda qimmatlashuviga olib 
keladilar. 
Kapital qurilishda narx belgilashning zamonaviy bozor usullarini keng 
qo’llashni hisobga olgan holda investisiya loyihalarini amalga oshirish 
chog’ida joriy shartnomaviy narxlarga bosqisma-bosqich o’tish farmonning 
muhim bo’limi hisoblanadi. 
Respublikaning Investisiya dasturi sifat jihatdan yangicha yondashuvlar 
bilan shakllantiriladi. Bu dasturni uch yillik davrga mo`ljallab ishlab chiqish 
nazarla tutilmoqdaki, u loyiha-qidiruv ishlaridan boshlab inshootni 
foydalanishga topshirgunga qadar bo’lgan butun siklni e`tiborga olish, 
qurilishni uning real moliyalash manbalari bilan to’liqroq, bog’lash 
imkoniyatini yaratadi, bu esa investisiya loyihalarini ro’yobga chiqarish 
samaradorligini oshirishga ko’maklashadi. 
Loyiha va qurilish ishlarining sifatli bajarilishi, me`yoriy bezashga, 
qurilish me`yorlari, qoida va standartlariga rioya etilishi, inshootlar o’z 
vaqtida ishga tushirilishi hamda loyiha va qurilish ishlari qiymatiniig sun’iy 
ravishda oshirilishiga yo’l qo’yilmasligini ta`minlash ustidan nazotni 
kuchaytirish uchun O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish 
qo’mitasining vakolatlari hamda mas`uliyatini oshirish ko’zda tutiladi. 
Xususan, loyihalash va qurilish bo’yicha sifat hamda belgilangan talablarni 
buzganlik uchun jarima solish va boshqa jazo choralarini qo’llash bo’yicha 
Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasining huquqini kengaytirish 
mo’ljallandi. 
Farmonda yuqori sifatli raqobatbardosh mahalliy qurilish 
materiallari va konstruksiyalari turlarini kengaytirish hamda ishlab 
chiqarish hajmlarini ko’paytirish maqsadida ularni ishlab chiqarish uchun 
asbob-uskunalar va ularning butlovchi buyumlarini olib kelish chog’ida 
bojxona to’lovlari bo’yicha besh yil muddatga imtiyozlar berilgan. 
Mazkur farmonning qoidalarini hayotga tatbiq etish, xech so’zsiz, 
kapital qurilishda tub o’zgartirishlarni amalga oshirish, tapmoqda bozor 
iqtisodiyoti tamoyillari va talablariga mos keladigan xo’jalik munosabatlarini 
keng joriy etishga imkon beradi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin