Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/106
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138008
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106
ishlab chiqarish iqtisodiyoti


.
 m
= 3,5 
.
18 = 63 -
shartli ta`mirlash birligi

Jihozlarning ta`mirlashda turli vaqtlari murakkablik kategoriyasini 
ta`mirlash birligi uchun to’xtab turish normasiga ko’paytirish orqali 
aniqlanadi. 
Ta`mirlash ishlarini tashkil etish 3 sistemada amalga oshirilishi 
mumkin: markazlashgan, markazlashmagan, aralash. Markazlashgan sistema 
barcha ta`mirlash ishlari va xizmat ko’rsatishni markazlashgan ta`mirlash 
mexanika sexi kuchi bilan amalga oshirishni ko’zda tutadi. Ushbu sex 
korxona bosh mexanigiga bo’ysunadi. 
Markazlashmagan sistemada barcha ta`mirlash ishlari sexdagi 
ta`mirlash uchastkalari kuchi bilan bajariladi. Ushbu bo’linmalar sex 
mexanigiga bo’ysunadi. 
Aralash sistemada kapital ta`mirlashlar markaziy tamirlash mexanika 
sexlarida, boshqa turdagi ta`mirlash ishlari sexdagi ta`mirlash bo’linmalari 
yordamida bajariladi. 
Jihozlarni ta`mirlashda to’xtab qolish vaqtini qisqartirish maqsadida 
bo’g’inli va ketma-ket bo’g’inli usullardan foydalaniladi. 
Kapital va o’rta ta`mirlash davomida jihozlarni modernizasiya qilish, 
ya`ni jihozni zamonaviy talablarga javob beradigan qilib takomillashtirishni 
amalga oshirish ham mumkin. 
Ta`mirlash xo’jaligini takomillashtirishning aosisy yo’nalishlari: 
-
jihozlarni markazlashgan tarzda ta`mirlashni tashkil etish; 
-
tamirlashning ilg’or texnologiyasi va usullarini qo’llash; 
-
mehnatga haq to’lash va rag’batlantirishni takomillashtirish; 
-
jihozlarni ishlatish va ta`mirlash uchun xarajatlarni aniq hisobga olishni 
yo’lga qo’yish. 
 
4.6 Instrumental xo’jalikni tashkil etish 
 
Ishlab chiqarish korxonalarida instrumental xo’jalikning ahamiyati 
va vazifalari. 
Ishlab chiqarish korxonalari o’z faoliyatlari davomida juda ko’p 
turdagi instrument va texnologik jihozlardan foydalaniladi. Ish joylarining 
ana shu instrument va uskunalar bilan o’z vaqtida ta`mirlanishi va ularning 
takomillashganlik darajasi asosiy ishchilarning mehnat unumdorligiga, 


102
mahsulot sifati va tannarxiga korxonaning bir me`yorda ishlashiga katta ta`sir 
ko’rsatadi. 
Ishlab chiqarishga avtomatlashtirilgan, mexanizasiyalashtirilgan yangi 
texnologiyani keng joriy qilish instrument va texnologik uskunalarning sifati, 
chidamliligi, aniqliligi kabi ko’rsatkichlariga yuqori talablar qo’yadi.
Texnologik uskuna - texnologik jarayonni belgilangan qismini bajarish 
uchun texnologik jihozlarga biriktiriladigan ishlab chiqarish qurolidir. 
Masalan, turli xil instrumentlar, plastmassalar, shtamplar, press-shakllar, 
nazorat qilish vositalari. 
Texnologik uskuna va instrumentlar ixtisoslashtirilgan korxonalar va 
korxonalar tarkibiga kiruvchi instrumental sexlarda ishlab chiqariladi. 
Instrumental xo’jalikning asosiy vazifalari: 
-
korxonaning turli xil texnologik moslamalarga bo’lgan ehtiyojini aniqlash; 
-
har bir ish joyini zaruriy miqdorda sifatli uskuna bilan ta`minlanishini 
tashkil etish; 
-
kerakli miqdordagi instrumentlar zapasini tashkil etish, ularni saqlash
-
mahsulot birligiga to’g’ri keladigan instrument sarfini va tannarxini 
doimiy ravishda pasaytirib borish. 
Instrumental xo’jalikning tarkibiga quyidagi bo’limlar kiradi: 
-
yangi, maxsus instrumentlarni tayyorlovchi hamda murakkab texnologik 
uskunalarni remontini amalga oshiruvchi instrumental sex; 
-
asosiy ishlab chiqarish sexlari, tarkibiga kiruvchi instrument va 
uskunalarni remont qilish bilan shug’ullanuvchi instrumental uchastkalar; 
-
tiklash ustaxonalari; 
-
instrumentlarni saqlash va uzatish bilan shug’ullanuvchi kladovkalar; 
-
instrumentlarni saqlash omborxonasi. 
Instrumental sexlarning hajmi va soni ishlab chiqarish turiga, ishlab 
chiqaradigan mahsulot hajmiga konstruktiv-texnologik xususiyatlariga 
bog’liq. 
Instrumental sexlar ixtisoslashtirilgan hamda kompleks sexlar bo’lishi 
mumkin. 
Texnologik uskunalarni ishlab chiqarish, rejalashtirish va ulardan 
foydalanishni takomillashtirish uchun ularni ma`lum bir belgilarga ko’ra 
klassifikasiyalashtirish lozim. Foydalanish xarakteriga ko’ra uskuna yoki 
instrumentlar standartlashtirilgan va maxsus bo’lishi mumkin. 
Standart instrumentlar parametrlari bo’yicha davlat standartiga mos keladi 
va bir qancha korxonalar esa alohida detalga ishlov berishda biron bir 
operasiyani bajarish uchun qo’llaniladi. Ishlab chiqarishdagi ishtirok etishiga 
ko’ra, instrument va uskunalar sinflarga (qirquvchi, o’lchovchi, yordamchi 
instrument, shtamplar, moslamalar, press shakllar) guruhlarga, turlarga 
ajratiladi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin